Virtual qabulxona

Tinglovchilar korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bilimlarini mustahkamladi

Asosiy yangiliklar 1 246 marta körilgan

Suvchilar maktabida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, komplayens-nazorat tizimi, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish choralari, ularning oqibatlari va kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq omillarni to‘liq bartaraf etish, davlat xaridlari tartib-taomillarini amalga oshirishdagi vazifalarga ham alohida e'tibor qaratilib, bu boradagi mavjud amaliyot va tajribalar yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar