To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli” hududga aylantirishga oid ishlar ijrosi o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi Ishchi guruhning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi o‘rganishlari To‘rtko‘l tumanini “korrupsiyadan xoli” hududga aylantirishga oid chora-tadbirlar rejasi ijrosi doirasida davom ettirildi.

Jumladan, rejaning asosiy yo‘nalishlari — soliq, bank, kadastr, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalarida olib borilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o’rganildi.

Tumanda ochiqlikni taʼminlash, aholining korrupsiyaga qarshi kurashishda xabardorligini oshirishga oid tadbirlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda tumandagi 35 ta maktabgacha taʼlim tashkilotining ovqatlantirish tizimini to‘liq autsorsingga o‘tkazish borasida ish olib borilmoqda.

Tuman dehqon bozorlari va savdo markazlarida raqamlashtirish, avtoturargohlar faoliyatini tartibga solish choralari ko‘rilmoqda.
Korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va shart-sharoitlar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish va oldini olishga oid samarali tizimlar joriy etilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan Chora-tadbirlar rejasi ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi holatlari muhokama qilinib ularni qisqa muddatda bartaraf etish bo’yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati