Virtual qabulxona

Vazir murojaati

Asosiy yangiliklar 407 marta körilgan

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov tizimda mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga hamda o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga chaqirdi.

— Qurilish sohasida hali ham muassasalarda korrupsiya, byurokratiya, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlar saqlanib qolayotgani tizimdagi islohotlar samaradorligiga putur yetkazishi, xalqning sohada faoliyat ko‘rsatayotgan fidoyilariga ishonchini zaiflashtirishiga olib keladi, — deyiladi vazir murojaatida.

O‘z navbatida, fuqarolarga vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari yoki qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlar yuzasidan vazirlikning aloqa kanallari orqali murojaat yo‘llash mumkinligi eslatib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz,PQ-147-son Prezident qaroriga asosan 2027-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida 5 ta idora, jumladan,

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga o‘tkazildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar