Virtual qabulxona

Xalqaro huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan o‘quv kurslarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillarining ishtiroki

Asosiy yangiliklar 1 128 marta körilgan

2023-yilning 13-17 noyabr kunlari Budapesht shahrida (Vengriya) joylashgan Xalqaro huquqni muhofaza qilish Akademiyasida (International Law Enforcement Academy) “Davlat boshqaruvida korrupsiya” mavzusida tashkil etilgan o‘quv-malaka oshirish kurslarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro huquqni muhofaza qilish akademiyasi AQSH Davlat departamenti tomonidan boshqariladigan bir nechta akademiyalari tarmog‘i bo‘lib, ILEA dasturi har bir mamlakatning jinoiy adliya institutlarining transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish imkoniyatlarini oshirish bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlarining samarali hamkorligini rivojlantirish uchun jinoiy adliya xodimlari uchun boshqaruv va texnik ko‘rsatmalarning asosiy o‘quv dasturini taqdim etadi.

Ushbu kurslarda Agentlik masʼul xodimlari AQSH Federal qidiruv byurosining federal, shtat va mahalliy darajadagi davlat xizmatchilari, jumladan, qonun chiqaruvchi hokimiyat aʼzolari, sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan sodir etiladigan korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi ilg‘or tajribalari ommalashtirish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.

Dastur yakuni bo‘yicha ijobiy xorijiy tajribani korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilikka tatbiq qilish, jinoyat-protsessual sohadagi institutlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar