Virtual qabulxona

Xorazm viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 244 marta körilgan

Xorazm viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda viloyatda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokamada, xususan, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, savdo, soliq, bandlik sohalarida korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish masalalari eʼtibor markazida bo‘ldi.

Ishchi guruh rahbarlari tomonidan ayniqsa, sohalarni raqamlashtirish, elektron platformalarni ishga tushirish kabi vazifalarning maktab va maktabgacha taʼlim hamda sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan bajarilishi kechikayotganligi tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, hududdagi bozorlarda “raqamli bozor” dasturini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarni jadallashtirish va qisqa muddatlarda yakunlash zarurligi taʼkidlandi.

Masʼullarga ochiqlikni taʼminlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xabardorligini oshirish maqsadida "Yo‘l xaritasi"da belgilangan topshiriqlarni sifatli va samarali amalga oshirishga oid tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarda aholi duch kelayotgan muammo va to‘siqlarni tezkor bartaraf etish, kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar