Virtual qabulxona

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining navbatdagi fuqarolar qabuli vaqti o‘zgarganligi to‘g‘risida

Asosiy yangiliklar 678 marta körilgan

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan har oyning oxirgi juma kuni fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish belgilangan.

Agentlik direktorining xizmat safarida bo‘lganligi munosabati bilan, 2026-yil 26-iyun (oyning oxirgi jumasi) kuniga rejalashtirilgan navbatdagi qabul Agentlik direktori o‘rinbosari U. Tuxtasheva tomonidan o‘tkaziladi.

Qabul soat 15:00 dan boshlanadi.

Murojaatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘shimcha maʼlumot olish uchun bog‘lanish:

Telefon: (+998 71) 202-04-02 (ichki raqam: 401)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar