O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati qabulining ko‘chirilishi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan har oyning oxirgi juma kuni fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishi belgilangan. 2025-yil mart oyining oxirgi jumasi (28-mart kuni)ga belgilangan Agentlik direktorining qabuli 27 mart kuniga ko‘chirilishini maʼlum qilamiz.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillari Agentlik direktorining qabulida 27-mart kuni soat 15:00dan 17:00ga qadar ishtirok etishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati