Eng köp beriladigan savollar
Murojaatlar, deklaratsiya va Agentlik işi böyiça savollarga javoblar.
Korrupsiya nima?
Korrupsiya - şaxsning öz mansab yoki xizmat mavqeidan şaxsiy manfaatlarini yoxud özga şaxslarning manfaatlarini közlab moddiy yoki nomoddiy naf oliş maqsadida qonunga xilof ravişda foydalanişi, xuddi şuningdek bunday nafni qonunga xilof ravişda taqdim etiş. Manba: Özbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga nimalar kiradi?
Korrupsiya alomatlariga ega bölgan, sodir etilganligi uçun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmiş korrupsiyaga oid huquqbuzarlik hisoblanadi. Manba: Özbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni
Manfaatlar töqnaşuviga duç kelganda davlat xizmatçisi qanday yöl tutişi lozim?
Davlat xizmatçilari öz rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvçi organlarini ularni huquqbuzarliklar sodir etişga oğdiriş maqsadida biror-bir şaxslarning qilgan murojaatlarining barça holatlari töğrisida, şuningdek boşqa davlat xizmatçilari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning özlariga ma’lum bölgan har qanday holatlari haqida xabardor qilişi şart. Manba: Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-sonli Qarori
Kimlar mansabdor şaxs hisoblanadi?
Mansabdor şaxs - doimiy, vaqtinça yoki maxsus vakolat böyiça tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning özini özi boşqariş organlarida, mulk şaklidan qat’i nazar, korxonalarda, muassasalarda, taşkilotlarda taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini amalga oşiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etişga vakolat berilgan şaxs, xuddi şuningdek xalqaro taşkilotda yoxud çet davlatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi, ma’muriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oşiruvçi şaxs. Manba: Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi (komplayens-nazorat) nima?
Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) - davlat organlari va xöjalik yurituvçi subyektlar hamda banklar faoliyatini korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boşqa meyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq taşkil etilişini ta’minlovçi, korrupsiya xavf-xatarlari va manfaatlar töqnaşuvini öz vaqtida aniqlaş hamda ularga çek qöyiş, qonun buzilişi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar beriş kabi qator profilaktik çoralarni özida mujassam etgan samarali tizimdir.
Agentlikka qanday murojaat qilsam böladi?
Agentlikka murojaatingizni eanticor.uz veb sayti, info@anticorruption.uz elektron poçtasi, 1253 qisqa raqamli Call markazi, Toşkent şahar, Şota Rustaveli köçasi, 8a-uyga poçta xizmati yordamida yöllaş orqali yoki bevosita Agentlikka kelib berişingiz mumkin.
Agentlikning hududiy taşkilotlari bormi?
Agentlikning hududiy boşqarma va bölimlari mavjud emas.
Agentlikka işga kiriş uçun qanday ma’lumotga ega bölişim kerak?
Agentlikka yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan boşqa sohalar böyiça yuqori malakali mutaxassislar işga qabul qilinadi. Manba: Özbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6013-sonli Farmoni
Pora oliş va beriş deganda nimalar tuşuniladi?
Pora oliş– mansabdor şaxsning öz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etişi lozim yoki mumkin bölgan muayyan harakatni pora berayotgan şaxsning manfaatlarini közlab bajarişi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olişi yoxud mulkiy manfaatdor bölişi. Pora beriş – mansabdor şaxsga mazkur mansabdor şaxsning öz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etişi lozim yoki mumkin bölgan muayyan harakatni pora bergan şaxsning manfaatlarini közlab bajarişi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib moddiy qimmatliklar beriş yoki uni mulkiy manfaatdor etiş. Manba: Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
Nimalar pora predmeti böladi?
Pul, qimmatbaho qoğozlar, moddiy boyliklar, şuningdek, pora oladiganga qaytarmaslik şarti bilan, lekin mulkiy mohiyatga molik bölgan (masalan, ta’mirlaş, quriliş, qayta tiklaş işlarini bajariş va boşqalar) xizmatlar pora predmeti bölişi mumkin. Manba: Oliy sudi Plenumining 19-son qarori
Qanday hollarda pora bergan şaxs javobgarlikdan ozod qilinişi mumkin?
Başarti, şaxsga nisbatan pora sörab tovlamaçilik qilingan bölsa va uşbu şaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda öttiz sutka mobaynida öz ixtiyori bilan arz qilsa, çin köngildan puşaymon bölib, jinoyatni oçişda faol yordam bergan bölsa, u javobgarlikdan ozod etiladi. Manba: Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksia
Korrupsiya uçun qanday turdagi javobgarlik nazarda tutilgan?
Şaxs özining korrupsion xatti-harakatlari uçun uşbu qilmişning xususiyatidan kelib çiqqan holda jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy javobgarlikka tortilişi mumkin. Ma’muriy javobgarlik doirasida: bazaviy hisoblaş miqdorining 30 baravarigaça miqdorda jarima (MJtKning 1931- 1932-moddalari); bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi (MJtKning 61, 61-1-moddalari). Jinoiy javobgarlik doirasida: bazaviy hisoblaş miqdorining 600 baravarigaça jarima (JKning 167-moddasi 3-qismi); 5 yilgaça muayyon huquqdan mahrum qiliş (JKning 206-moddasi, 1-qismi); 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari (JKning 167-moddasi 2-qismi); 360 soatgaça majburiy jamoat işlari (JKning 19211-moddasi 2-qismi); 5 yilgaça ozodlikni çeklaş (JKning 167-moddasi, 1-qismi); 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş (JKning 210-moddasi 3-qismi va 211-moddasi, 3-qismi) jazolari tayinlanişi mumkin. Intizomiy javobgarlik doirasida: Mehnat kodeksiga köra hayfsan, örtaça oylik iş haqining (bazaviy hisoblaş miqdorining) öttiz foizidan ortiq bölmagan miqdorda jarima va mehnat şartnomasini bekor qiliş kabi intizomiy jazo çoralari qöllanilişi mumkin. Manba: Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks.
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarşi ekspertizasi nima?
Korrupsiyaga qarşi ekspertiza — normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlaş, aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etişga qaratilgan tavsiyalar işlab çiqiş va çoralar körişga yönaltirilgan çora-tadbirlar majmui. Manba: Adliya vazirining 2021 yil 24 fevraldagi 2-mh-son Buyruği
Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga iş kiriş tartiblari haqida ma’lumot bersangiz.
Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yuqori malakali kadrlar, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amaliy iş tajribasiga ega, Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni professional darajada bajarişga qodir şaxslar orasidan töldirilib, işga qabul qiliş jarayonlari konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oşiriladi. Agentlik direktori örinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Işga kiritiş tartibi haqida: anticorruption.uz havolasi orqali batafsil ma’lumotga ega bölişingiz mumkin.