Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2022 yilning I yarim yilligidagi faoliyati töğrisida ma’lumot
Asosiy körsatkiçlar
Murojaatlar qayerdan kelib tuşgan
Hududlar murojaatlar soni kamayişi tartibida.
| Hudud | Murojaatlar |
|---|---|
| Toşkent şahri | 350 |
| Toşkent viloyati | 123 |
| Qaşqadaryo viloyati | 101 |
| Namangan viloyati | 78 |
| Samarqand viloyati | 78 |
| Farğona viloyati | 56 |
| Surxondaryo viloyati | 53 |
| Sirdaryo viloyati | 51 |
| Navoiy viloyati | 51 |
| Buxoro viloyati | 50 |
| Jizzax viloyati | 47 |
| Andijon viloyati | 45 |
| Qoraqalpoğiston Respublikasi | 44 |
| Xorazm viloyati | 39 |
| Çet eldan | 3 |
| Jami | 1 169 |
Faoliyatning asosiy yönalişlari
Taşkiliy-huquqiy asoslarni takomillaştiriş
7 ta hujjat qabul qilindi: Prezidentning 3 ta farmoni va 2 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori.
Murojaatlar bilan işlaş
1 169 ta murojaat kelib tuşdi, 1 134 tasi körib çiqildi. 9 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi, 7 ta jinoyat işi qözğatildi.
Davlat xaridlari sohasidagi örganişlar
10 ta vazirlik va idorada 48,5 mlrd sömlik xato va kamçiliklar aniqlandi; 46 ta taqdimnoma kiritildi.
Davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş
135 ta organ örganildi: 93 tasi 2021 yil hisobotini e’lon qilmagan. 2022 yil 14 iyundagi PF-154-son Farmon bilan Oçiqlik indeksi joriy etildi.
«Komplayens-nazorat» tizimini joriy qiliş
117 ta taşkilotda içki nazorat tuzilmalari (907 ştat birligi) taşkil etildi; 19 ta davlat taşkiloti va 1 ta bank ISO 37001:2016 sertifikatini oldi.
NNT va jamoatçilik bilan işlaş
Qiymati 720 mln sömlik 3 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e’lon qilindi; 150 dan ortiq jurnalist va bloger öqitildi.
Hududiy kengaşlar bilan işlaş
2022 yil may–iyun oylarida barça hududlarda hududiy kengaşlar eşituvlari ötkazilib, «yöl xaritalari» tasdiqlandi.
Xalqaro hamkorlik
2 ta memorandum va 3 ta hamkorlik dasturi imzolandi; 73 ta uçraşuv va 20 ga yaqin yirik tadbir ötkazildi.
Bölimlar böyiça töliq matn
Taşkiliy-huquqiy asoslarni takomillaştiriş
Agentlik hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda işlab çiqilgan 7 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegişli tartibda qabul qilindi.
3 ta Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni
1.“Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida”gi PF-101-son Farmon (2022 yil 9 aprel)
2. “Bojxona ma’muriyatçiligini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-122-son Farmon (2022 yil 27 aprel)
3. “Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqlik darajasini oşiriş va baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-154-son Farmon (2022 yil 14 iyun)
2 ta Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori
1. “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-81-son Qaror (2022 yil 12 yanvar)
2. “Davlat boşqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş mexanizmlarini takomillaştiriş va uşbu sohada jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-240-son Qaror (2022 yil 11 may)
2 ta Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
1. “Davlat xaridlarini amalga oşiriş bilan boğliq tartib-taomillarni taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 276-sonli Qaror (2022 yil 20 may)
2. “2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi 140-son Qaror
(2022 yil 26 mart)
Murojaatlar bilan işlaş
Agentlikka kelib tuşgan murojaatlar
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga joriy yilning 1-yarim yilligida jami 1 169 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan 1 134 tasining körib çiqilişi ta’minlangan, 35 ta murojaat körib çiqiş jarayonida.
Şundan,
–49 ta murojaat ijobiy hal etilgan,
–380 ta murojaatga huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriş orqali qanoatlantirilgan,
–39 ta murojaat anonim deb topilgan,
–11 ta takroriy murojaat körib çiqilişi belgilangan tartibda tugatilgan,
–2 ta murojaat ma’lumot uçun qabul qilingan,
–653 ta murojaat taalluqliligi böyiça tegişli vazirlik va idoralarga yönaltirilgan. Kelib tuşgan murojaatlarning
–998 tasi jismoniy şaxslardan,
–171 tasi yuridik şaxslardan,
–907 tasi yozma,
–193 tasi elektron,
–69 tasi oğzaki körinişda,
–45 tasi Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabulida,
–45 tasi mas’ul xodimlarning qabulida,
–58 tasi Call markaz orqali kelib tuşgan.
Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, şahar) hokimliklariga 25 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 15 ta taqdimnoma kiritilgan.
Murojaatlarni örganiş natijasiga köra, 9 ta qonun hujjatlariga zid ravişda çiqarilgan hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 7 ta jinoyat işi, 4 ta ma’muriy javobgarlik va 2 ta intizomiy javobgarlik töğrisidagi işlar qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan.
Respublikamizning turli hududlaridan 2022 yil 1-yarim yilligida Korrupsiya qarşi kuraşiş agentligiga quyidagi tartibda murojaatlar kelib tuşgan:
Toşkent şahar böyiça 350 ta;
Toşkent viloyati böyiça 123 ta;
Qaşqadaryo viloyati böyiça 101 ta;
Namangan viloyati böyiça 78 ta;
Samarqand viloyati böyiça 78 ta;
Farğona viloyati böyiça 56 ta;
Surxondaryo viloyati böyiça 53 ta;
Sirdaryo viloyati böyiça 51 ta;
Navoiy viloyati böyiça 51 ta;
Buxoro viloyati böyiça 50 ta;
Jizzax viloyati böyiça 47 ta;
Andijon viloyati böyiça 45 ta;
Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 44 ta;
Xorazm viloyati böyiça 39 ta;
Çet eldan 3 ta murojaat kelib tuşgan.
Davlat xaridlari sohasidagi örganişlar
2022-2023 yillarda Davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşiriş yuzasidan 28 ta vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda “Yöl xaritasi” işlab çiqildi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Milliy Kengaşi tomonidan tasdiqlandi. “Yöl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi böyiça vazirlik va idoralar tomonidan amalga oşirilgan işlar muvofiqlaştirilib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşiga axborot kiritilib borilmoqda. Davlat xaridlariga oid qonunçilik talablariga rioya qilinişi yuzasidan jami 10 ta vazirlik, idora va taşkilotlarda ötkazilgan örganişlarda 48,5 mlrd sömlik xato va kamçiliklar aniqlandi. Şuningdek, ötkazilgan masofaviy monitoringlar yakuniga köra, 294,4 mlrd. sömlik e’lon qilingan xaridlar böyiça korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va şart-şaroitlarni bartaraf qilişga qaratilgan 46 ta taqdimnoma hamda jinoyat işi qözğatiş masalasini hal qiliş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga 40 ga yaqin sörovnoma kiritilgan bölib, natijasi böyiça 4 ta jinoyat işlari va 8 ta ma’muriy işlar qözğatilişi ta’minlandi, 8 ta holatda mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanildi.
Davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş
Agentlik tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni öz vaqtida belgilangan resurslarda joylaştirib borilişi ustidan doimiy monitoring ötkaziş tizimi yölga qöyilgan. Joriy yilning birinçi yarim yilligida 135 ta vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Farmon talablariga muvofiq ma’lumotlar rasmiy veb-saytda hamda Oçiq ma’lumotlar portalida joylaştirilişi holati örganildi. Oçiq e’lon qilinişi lozim bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar röyxati böyiça respublika darajasidagi boşqaruv organlari zimmasiga jami 13 ta toifadagi axborotlarni öz rasmiy veb-saytida har çorakda e’lon qiliş va davriy yangilab boriş tartibi belgilangan. Misol uçun, Farmonga muvofiq, davlat organlari va taşkilotlari har yili 1 martga qadar öz faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytiga joylaştirib, 10 martga qadar uni keng jamoatçilik iştirokida muhokama qiliş joyi va vaqti haqida xabar berişi kerakligi belgilangan. Ötkazilgan monitoringlar natijasida 135 ta davlat organlari va taşkilotlarining 93 tasi 2021 yildagi faoliyatiga oid hisobotni e’lon qilmagan bölsa, 126 tasi matbuot anjumanining ötkaziliş joyi va vaqti haqida öz rasmiy veb-saytiga ma’lumot joylaştirmaganligi aniqlangan. Joylarda uçrayotgan bu kabi muammolarning yeçimi sifatida ma’lum bir hududni tanlab olib, oçiqlikka oid qonunçilik hujjatlari ijrosini namunaviy taşkil etiş maqsadida Farğona viloyatida «Oçiq, şaffof va hisobdor hudud» loyihasini amalga oşiriş maqsadida “Yöl xaritasi” işlab çiqilib, 2022 yil 24 mart kuni Agentlik va Farğona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlandi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqlik darajasini oşiriş va baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi va mazkur farmon bilan:
Davlat organlari va taşkilotlarida oçiqlik böyiça amalga oşirilayotgan işlarning samaradorligini baholaşga qaratilgan Oçiqlik indeksi joriy etildi. Bundan taşqari, davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini monitoring qiliş va baholaş böyiça metodika tasdiqlandi.
Şu bilan birga, mazkur Farmon bilan Agentlik xalqaro taşkilotlar va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, davlat organlari va taşkilotlarining oçiqlikni ta’minlaşga mas’ul bölgan xodimlarini muntazam öqitiş va malakasini oşiriş çoralarini körişi belgilandi. Şu maqsadda, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Taşkiloti (YEXHT) kömagida “Oçiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantiriş, oçiqlik, şaffoflik va hisobdorlik madaniyatini oşiriş” mavzusida 2022 yil 22-23 iyun kunlari ikki kunlik trening taşkil etildi. Trening YEXHT tomonidan jalb etilgan xalqaro ekspertlar tomonidan ötkazilib, unda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning oçiqlikni ta’minlaşga mas’ul bölgan 40 nafardan ziyod davlat xizmatçilarining kasbiy malakasi oşirilişi ta’minlandi.
«Komplayens-nazorat» tizimini joriy qiliş
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi
PQ-5177-son Qarori bilan 2021 yil 1 oktyabrdan boşlab barça davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyatini yölga qöyiş belgilandi. Hozirga kelib, 117 ta davlat taşkilotlari, şu jumladan banklarda 907 nafar ştat birligidan iborat korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyati yölga qöyildi.
Ma’lumot uçun: 54 ta respublika davlat boşqaruv organlari, 29 ta höjalik boşqaruv organlari, 11 ta banklar, 14 ta xokimiyat va 9 ta boşqa davlat taşkilotlari hissasiga töğri keladi.
Vazirlik va idoralarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son Qarorida belgilangan vazifa va topşiriqlarning ijro etilişini joyiga çiqib örganiş amaliyoti joriy etilib, joriy yilning ötgan davrda 78 ta vazirlik va idoralarda içki nazorat tizimi faoliyatining yölga qöyilganlik holati joyiga çiqqan holda örganiş ötkazildi;
Örganiş natijalariga köra, vazirlik va idoralarga uşbu yönalişdagi faoliyatni samarali taşkil etişga qaratilgan 18 ta taqdimnoma kiritildi. Natijada, Içki nazorat tuzilmalari tomonidan joriy yilning 1 yarmida 151,7 mlrd sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar aniqlanib, töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi. 2022 yilning 28-29 mart kunlari BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samara-dorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş” mavzusida seminar taşkil etildi. Tadbirda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalarining 220 nafardan ortiq mas’ul xodimlari iştirok etdi. Xorijiy ekspertlar iştirokida davlat taşkilotlarining 400 dan ortiq içki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasini oşiriş ta’minlanib, Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimini joriy etiş böyiça 3 ta uslubiy qöllanma çop etildi. Bugungi kunda 19 ta davlat taşkiloti, 1 ta tijorat banki “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejment tizimi” böyiça ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatiga ega böldi.
Ma’lumot uçun: Xalqaro ekspertlar tavsiyasiga köra, mazkur sertifikat mamlakatning xalqaro reytinglarda ustuvor ahamiyat kasb etişi, investision jozibadorligini oşiriş va investorlar kirib kelişini ta’minlaşga xizmat qiluvçi omilladan biri hisoblanadi.
NNT va jamoatçilik bilan işlaş
Agentlik buyurtmasiga asosan, Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlari uçun qiymati 720 mln sömlik 3 ta Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlovda Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi va “Ijtimoiy fikr” markazi ğolib bölişdi. 1 ta tanlovning ğolibi aniqlanmadi.
Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi tomonidan taşkil etilgan “Jurnalistlar, NNT faollari va blogerlarning korrupsiyaga qarşi kuraş masalalarini yoritiş böyiça salohiyatini oşiriş” böyiça Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 150 dan ortiq jurnalist va blogerlar uçun treninglar taşkil etildi.
Unda korrupsiya tuşunçasi va turlari, korrupsiyani yoritişda jurnalist, fuqarolik jamiyati va blogerlarning roli, pora bilan boğliq işlarni yoritişning öziga xos jihatlari, jurnalist suriştiruvi, ob’yektivlik va şaffoflik, mavzularni yoritişda axloqiy me’yorlar, jurnalist xavfsizligi kabi masalalar yoritildi. Loyiha doirasida viderolik va jurnalistlar uçun metodologik qöllanma tayyorlandi.
“Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda joriy yilning aprel-may oyida respublika böyiça “Korrupsiya va korrupsiyaviy holatlarning jamiyat hayotiga tarqalganlik darajasi jamoatçilik ongida idrok etilişini baholaş” mavzusida kompleks tadqiqot ötkazildi. Tadqiqotda mansabdor şaxsning korrupsiyaga qöl urişi va fuqarolarning mansabdor şaxslarni pora bilan sotib olişga urinişining motivlari örganildi. Agentlik hamda BMT TDning qöşma taşabbusi bilan “Özbekistonda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rolini oşiriş uçun fuqarolik makonini, ayollar va yoşlar ovozini mustahkamlaş” loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri fuqarolik jamiyati institutlari, ayollar nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy hamjamiyatlardan iborat korrupsiyaga qarşi fuqarolik makonini yaratiş orqali jamiyatda halollikka bölgan talabni şakllantirişdan iborat. Joriy yilning 28 iyun kuni hamkor taşkilotlar bilan birgalikda «Yoşlar halolligi kuni» tadbiri taşkil etildi. Unda mazkur taşkilot va idoralarning rahbariyati hamda mamlakatimizning turli hududlaridan yoşlar vakillari bevosita va onlayn tarzda iştirok etdi. Mazkur loyiha doirasida yoşlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik munosabatini kuçaytiriş, halollikni keng tarğib qiliş orqali ularni uşbu illatga qarşi kuraşişga faol jalb qiliş maqsad qilingan. Agentlik, Adliya vazirligi, Boş prokuratura va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarşi kuraşiş va oldini olişda innovasiyalarni işlab çiqiş va joriy etiş jarayoniga jalb qiliş” mavzusida qöşma tanlov e’lon qilindi. Tanlov korrupsiyaga qarşi kuraşiş jarayonida ayollar va yoşlarning rolini oşiriş, yoşlar sportida korrupsiyaning oldini oliş, imkoniyati çeklangan odamlarning huquq va erkinliklarini himoya qilişda korrupsiyaning oldini oliş, jurnalistik suriştiruvlarni ötkaziş, bolalarni korrupsiyaga qarşi ta’lim va tarbiyalaşning innovasion ğoyalari va yangi mexanizmlarini qöllaş kabi 7 ta mavzularda e’lon qilindi. “Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda doimiy ravişda aholining korrupsiyani qabul qiliş darajasi hamda mamlakatdagi islohotlarning aholi tomonidan qabul qilinişi har oyda örganib kelinmoqda. Jumladan, 2022 yilning II çoragida tarmoqlar va hududlar kesimida korrupsiya bilan boğliq masalalar haqida fuqarolarning fikrlari, takliflari hamda murojaatlari asosida mamlakatda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasidagi vaziyatni örganiş maqsadida telefon sörovi natijalari tahlil qilinganda korrupsiyaning mavjud böliş omillariga – mansabdor şaxslar va aholining xulq-atvori bilan boğliq omillarga respondentlarning munosabatini aniqlab berdi.
Hududiy kengaşlar bilan işlaş
2022 yilning may va iyun oylarida respublikaning barça hududlarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş hududiy kengaşlarida eşituvlar taşkil etildi. Bunda eşituv yönalişlari korrupsiyaviy jinoyatlar statistikasi, hudud xususiyatlari, mavzuning ommaviy axborot vositalarida muhokama etilgani hamda hudud aholisi ijtimoiy hayotiga ta’siridan kelib çiqqan holda tanlab olindi. Hududda uşbu sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga keliş sabab va şart-şaroitlarini, ularni bartaraf etiş yöllari, tarmoq rahbarining korrupsiyani oldini oliş böyiça körayotgan çoralari kabi masalalar Hududiy kengaş a’zolaridan iborat işçi guruhlar tomonidan örganildi. Uşbu örganiş natijalari Agentlik rahbariyati, Milliy kengaş a’zolari, hududiy kengaş a’zolari va tegişli soha mas’ullari, ommaviy axborot vositalari iştirokida atrofliça muhokama qilindi. Barça hududlarda hududiy kengaş va Agentlik hamkorligida uşbu sohadagi korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etiş, kelib çiqiş sabablarini oldini olişga qaratilgan “Yöl xaritalari” işlab çiqildi va yiğiliş bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş idoralari bilan hamkorlikka oid 2 ta hamkorlik töğrisida Memorandumlar va 3 ta hamkorlik dasturi imzolandi.
Jumladan:
-Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti
-Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça agentligi
-Malayziya Korrupsiyaga qarşi kuraşiş komissiyasi
-Latviya Korrupsiyaning oldini oliş byurosi
-BMT Taraqqiyot Dasturi bilan Memorandum va hamkorlik dasturlari imzolangan.
Hamkorlik doirasida:
- BMT TD bilan hamkorlikda “Yoşlar halolligi kuni” taşkil etildi.
- BMT TD, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi bilan hamkorlikda “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşişda xotin-qizlarning rolini kuçaytiriş va faolligini oşiriş” mavzusida trening taşkil etildi.
- YEXHT kömagida davlat xizmatçilari uçun “Oçiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantiriş, oçiqlik, şaffoflik va hisobdorlik madaniyatini oşiriş” mavzusida ikki kunlik trening ötkazildi.
- Davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta’minlaşga qaratilgan öquv platformasi işlab çiqilmoqda.
Agentlik delegasiyasining 4 ta xorijiy davlatlarga 5 ta xizmat safarlari va Xalqaro taşkilotlar, aksilkorrupsiya faoliyatini amalga oşiradigan xorijiy davlatlar mas’ul organlari hamda elçixonalar vakillari bilan 73 ta uçraşuvlar taşkil etildi. Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda 20 ga yaqin yirik anjumanlar (forum, konferensiya, davra suhbati, seminar, treninglar) taşkil etildi.
Natijada:
- Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda BMT TD örtasida “Özbekistonda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining rolini oşiriş maqsadida fuqarolik jamiyatini hamda ayollar va yoşlar ovozini mustahkamlaş” loyihasi öz işini boşladi;
- YEXHT bilan Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişda kömaklaşiş loyihasining 2-bosqiçi işga tuşirildi;
- Samarqand şahrida Agentlik, Boş Prokuratura va BMT GJB hamkorligida «Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Korrupsiyaga qarşi Konvensiyasi Ipak yöli iqtisodiy kamari böyidagi mamlakatlarda amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaş orqali barqaror rivojlanişga kömaklaşiş» loyihasi doirasida «Investision faoliyatda korrupsiya holatlarining oldini oliş va unga qarşi kuraşiş» mavzusiga bağişlangan birinçi mintaqaviy seminar taşkil etildi;
- Jahon bankining ekspertlik kömagi jalb qilindi. Jahon banki ekspertlari iştirokida davlat xizmatçilari daromadlarini deklarasiyalaş va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş mavzularida 3 ta seminar va treninglar taşkil etildi;
- Normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturi va boşqa hujjatlar işlab çiqilişida ekspertlar fikri olindi (X.Arutyunyan, D.Kotlyar, L.Pop, K.Onililiogvu);
- Davlat xizmatçilari, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari öquv kurslari, seminar, treninglar taşkil etildi;
- Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş elektron platformasi va baholaş tizimi işlab çiqildi.