Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2022 yil 9 oylik faoliyati töğrisida ma’lumot

Asosiy körsatkiçlar

10
normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi
1 733
murojaat Agentlikka kelib tuşdi
1 520
ştat birligi içki nazorat tuzilmalarida
24
taşkilot tajriba reytingida

Murojaatlar qayerdan kelib tuşgan

Hududlar murojaatlar soni kamayişi tartibida.

Hududlar böyiça murojaatlar, 2022 yil 9 oy
HududMurojaatlar
Toşkent şahri525
Toşkent viloyati203
Qaşqadaryo viloyati157
Samarqand viloyati115
Namangan viloyati100
Farğona viloyati91
Buxoro viloyati79
Andijon viloyati72
Navoiy viloyati69
Surxondaryo viloyati67
Sirdaryo viloyati66
Jizzax viloyati66
Qoraqalpoğiston Respublikasi60
Xorazm viloyati57
Çet eldan6
Jami1 733

Faoliyatning asosiy yönalişlari

Taşkiliy-huquqiy asoslarni takomillaştiriş

10 ta hujjat: 1 ta qonun, Prezidentning 3 ta farmoni va 2 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori, 2 ta idoraviy hujjat. Oçiqlik töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Murojaatlar bilan işlaş

1 733 ta murojaat kelib tuşdi, 1 686 tasi körib çiqildi. 10 ta noqonuniy hujjat bekor qilindi, 8 ta jinoyat işi qözğatildi.

Davlat xaridlari sohasidagi örganişlar

15 ta vazirlik va idorada 54,9 mlrd sömlik xatolar aniqlandi; 104 ta taqdimnoma kiritildi, 13 ta jinoyat işi qözğatildi.

Davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş

Oçiqlikni ta’minlaş sohasidagi işlarni baholaş komissiyasi tuzildi; 125 ta sörovnoma, 31 ta ogohlantiriş va 5 ta taqdimnoma yuborildi.

«Komplayens-nazorat» tizimini joriy qiliş

Oçiq tanlov asosida 31 ta vazirlik va idoraning içki nazorat tuzilmalari rahbarlari tayinlandi; E-Anticor.uz platformasi işga tuşirildi.

NNT va jamoatçilik bilan işlaş

Qöşma tanlovda 9 ta NNT taklifi yuqori ball oldi; Agentlik huzuridagi Jamoatçilik kengaşining yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.

Xalqaro hamkorlik

6 ta davlatga 8 ta xizmat safari, 60 dan ortiq uçraşuv va 32 ta tadbir; 23 sentyabrda II Toşkent xalqaro aksilkorrupsiya forumi ötkazildi.

Bölimlar böyiça töliq matn

Taşkiliy-huquqiy asoslarni takomillaştiriş

Agentlik hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda korrupsiya omillarini bartaraf etişga qaratilgan 10 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari işlab çiqildi va tegişli tartibda qabul qilindi.

1 ta Özbekiston Respublikasi Qonuni

“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek ayrim qonun hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb topiş töğrisida”gi ÖRQ–786-son Qonun (2022 yil 3 avgust) Qonunga muvofiq, Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 2157-modda bilan töldirilib, unda davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonunçilikni buzganlik uçun javobgarlik belgilandi.

3 ta Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni

1.“Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida”gi PF-101-son Farmon (2022 yil 9 aprel)

2. “Bojxona ma’muriyatçiligini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-122-son Farmon (2022 yil 27 aprel)

3. “Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqlik darajasini oşiriş va baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-154-son Farmon (2022 yil 14 iyun)

2 ta Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori

1. “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-81-son Qaror (2022 yil 12 yanvar)

2. “Davlat boşqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etiş mexanizmlarini takomillaştiriş va uşbu sohada jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-240-son Qaror (2022 yil 11 may)

2 ta Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

1. “Davlat xaridlarini amalga oşiriş bilan boğliq tartib-taomillarni taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi 276-sonli Qaror (2022 yil 20 may)

2. “2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi 140-son Qaror
(2022 yil 26 mart)

2 ta Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

  1. “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaşni mustaqil amalga oşiruvçi ekspertlar guruhi tarkibini şakllantiriş va uning faoliyatini taşkil etiş tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktorining 41-sonli Buyruği (3368-raqam bilan davlat röyxatidan ötkazilgan)
    (2022 yil 13 may)
  2. “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, şu jumladan ularning hududiy bölinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaş uslubiyoti”ni tasdiqlaş töğrisidagi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Adliya vazirligining Qarori (3383-raqam bilan davlat röyxatidan ötkazilgan) (2022 yil 31 avgust)
Murojaatlar bilan işlaş

Agentlikka kelib tuşgan murojaatlar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga joriy yilning 9 oyida jami 1 733 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan 1 686 tasining körib çiqilişi ta’minlangan, 47 ta murojaat körib çiqiş jarayonida.

Şundan,

–65 ta murojaat ijobiy hal etilgan,

–597 ta murojaatga huquqiy maslahat va tuşuntirişlar beriş orqali qanoatlantirilgan,

–53 ta murojaat anonim deb topilgan,

–24 ta takroriy murojaat körib çiqilişi belgilangan tartibda tugatilgan,

–947 ta murojaat taalluqliligi böyiça tegişli vazirlik va idoralarga yönaltirilgan.

Kelib tuşgan murojaatlarning

–1492 tasi jismoniy şaxslardan,

–241 tasi yuridik şaxslardan,

–1259 tasi yozma,

–195 tasi elektron,

–279 tasi oğzaki körinişda,

–103 tasi Agentlik rahbariyatining şaxsiy qabulida,

–75 tasi mas’ul xodimlarning qabulida,

–101 tasi Call markaz orqali kelib tuşgan.

Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, şahar) hokimliklariga 38 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 30 ta taqdimnoma kiritilgan. Murojaatlarni örganiş natijasiga köra, 10 ta qonun hujjatlariga zid ravişda çiqarilgan hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan 8 ta jinoyat işi, 4 ta ma’muriy javobgarlik va 7 ta intizomiy javobgarlik töğrisidagi işlar qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan. Respublikamizning turli hududlaridan 2022 yil 9 oyida Korrupsiya qarşi kuraşiş agentligiga quyidagi tartibda murojaatlar kelib tuşgan:

Toşkent şahar böyiça 525 ta;

Toşkent viloyati böyiça 203 ta;

Qaşqadaryo viloyati böyiça 157 ta;

Samarqand viloyati böyiça 115 ta;

Namangan viloyati böyiça 100 ta;

Farğona viloyati böyiça 91 ta;

Buxoro viloyati böyiça 79 ta;

Andijon viloyati böyiça 72 ta;

Navoiy viloyati böyiça 69 ta;

Surxondaryo viloyati böyiça 67 ta;

Sirdaryo viloyati böyiça 66 ta;

Jizzax viloyati böyiça 66 ta;

Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça 60 ta;

Xorazm viloyati böyiça 57 ta;

Çet eldan 6 ta murojaat kelib tuşgan.

Davlat xaridlari sohasidagi örganişlar

2022-2023 yillarda Davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oşiriş yuzasidan 28 ta vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda “Yöl xaritasi” işlab çiqildi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Milliy Kengaşi tomonidan tasdiqlandi. “Yöl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi böyiça vazirlik va idoralar tomonidan amalga oşirilgan işlar muvofiqlaştirilib, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşiga axborot kiritilib borilmoqda. Davlat xaridlariga oid qonunçilik talablariga rioya qilinişi yuzasidan jami 15 ta vazirlik, idora va taşkilotlarda ötkazilgan örganişlarda 54,9 mlrd sömlik xato va kamçiliklar aniqlandi. Şuningdek, ötkazilgan masofaviy monitoringlar yakuniga köra, 334,0 mlrd. sömlik e’lon qilingan xaridlar böyiça korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va şart-şaroitlarni bartaraf qilişga qaratilgan 104 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga 100 ga yaqin sörovnoma kiritilgan bölib, natijasi böyiça 13 ta jinoyat işlari qözğatilgan, 30 nafar şaxslarning ma’muriy, 8 nafar şaxslarning intizomiy javobgarlikka tortilişi ta’minlandi hamda 8 ta holatda mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari qöllanildi.

Davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta’minlaş

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi PF-154-son Farmonida belgilab berilgan topşiriqlar ijrosi yuzasidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzurida mas’ul davlat organlari va taşkilotlari vakillaridan iborat tarkibda Oçiqlikni ta’minlaş sohasida amalga oşirilayotgan işlarning samaradorligi va natijadorligini baholaş komissiyasi taşkil etildi va 2022 yil 21 iyul kuni Komissiyaning birinçi majlisi ötkazildi. Şuningdek, Baholaş komissiyasining 2022 yil uçun Oçiqlik indeksini hisoblaş faoliyati böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Komissiya tarkibiga Farmonga muvofiq baholaş faoliyatida bevosita iştirok etadigan vazirlik va idoralarning xodimlaridan taşqari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati hamda nodavlat notijorat taşkilotlar vakillari ham kiritildi. Hisobot davri davomida, Agentlik tomonidan davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta’minlanişi doimiy nazorat qilib borildi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmonining 1-ilovasida keltirilgan Oçiq ma’lumotlar sifatida joylaştirilişi kerak bölgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni 2022 yilning birinçi yarim yili yakuni böyiça rasmiy veb-sayt hamda Oçiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinişi natijalari yuzasidan Agentlikka ma’lumot taqdim etilişi yuzasidan idora va vazirliklarga 125 ta sörovnoma yuborildi. Şuningdek, oçiqlikka oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan talablarning ijro etilişida yöl qöyilgan xato va kamçiliklar yuzasidan vazirlik va idoralarga 31 ta ogohlantiriş, 5 ta taqdimnoma yuborildi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi PF-6247-son Farmoniga muvofiq, Agentlik tomonidan 2022/2023 öquv yili uçun ötkazilgan imtihon jarayonlarining oçiq va şaffof taşkil etilişi, test va ijodiy imtihonlarning Internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişi monitoring qilindi. Jumladan, Agentlik vakillari, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölimi mas’ul xodimlari tarkibidagi işçi guruh OTMlarning bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş uçun ötkazilgan test va ijodiy (kasbiy) imtihonlarning belgilangan talablarga muvofiqligini masofaviy va joyiga çiqqan holda örgandi. 35 ta OTMlarida video tasvirda imtihon ötkazilayotgan xona töliq aks ettirilmasligi, tovuş bilan boğliq bölgan muammolar yoki abituriyent va komissiya a’zolari örtasidagi muloqot jarayonlari sifatli translyasiya qilinmasligi kabi 20 ta holatlarda texnik kamçiliklar aniqlandi va şu vaqtning özida bartaraf etildi. Agentlik hamda Farğona viloyati hokimligi örtasida imzolangan Farğona viloyatida “Oçiq, şaffof va hisobdor hudud” loyihasi doirasida şahar va tumanlarda mahalliy hokimliklar hamda vazirlik va idoralarning hududiy boşqarmalari tomonidan faoliyat oçiqligi, şaffofligi va hisobdorligini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlardan aholining qoniqiş darajasini örganiş, fuqarolar, ayniqsa ommaviy axborot vositalari vakillarining axborotni erkin izlaş, oliş va tarqatiş böyiça faoliyatlarida uçrayotgan xato va kamçiliklarni aniqlaş maqsadida fuqarolar hamda OAV vakillari örtasida jamoatçilik fikri sörovi ötkazildi. Jamoatçilik fikri sörovi natijasida faoliyati yetarli darajada oçiq va şaffof emas deb topilgan qator vazirlik va idoralarning hududiy boşqarmalari rahbarlari iştirokida jamoatçilik eşituvi taşkil etilişi va yöl qöyilgan xato va kamçiliklar muhokama qilinişi rejalaştirildi.

«Komplayens-nazorat» tizimini joriy qiliş

Bugungi kunga kelib, 117 ta davlat taşkilotlari, şu jumladan banklarda 1520 nafar ştat birligidan iborat korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari faoliyati yölga qöyildi. Ma’lumot uçun: 55 ta respublika davlat boşqaruv organlari, 28 ta höjalik boşqaruv organlari, 13 ta tijorat banklar, 11 ta mahalliy hokimliklar va 10 ta boşqa davlat taşkilotlari uluşiga töğri keladi. Vazirlik va idoralarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son Qarorida belgilangan vazifa va topşiriqlarning ijro etilişini joyiga çiqib örganiş amaliyoti joriy etilib, joriy yilning ötgan davrda vazirlik va idoralarda içki nazorat tizimi faoliyatining yölga qöyilganlik holati joyiga çiqqan holda örganiş ötkazildi. Örganiş natijalariga köra, vazirlik va idoralarga uşbu yönalişdagi faoliyatni samarali taşkil etişga qaratilgan 22 ta taqdimnoma kiritildi. Agentlik bilan birgalikda ötkaziladigan oçiq tanlov asosida 31 ta vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari rahbarlari lavozimiga tayinlandi. 2022 yilning 28-29 mart kunlari BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samara-dorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş” mavzusida, şuningdek, joriy yilning 17-18 avgust kunlari Konrad Adenauer jamğarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş amaliyoti” mavzusida seminar-trening maşğulotlari ötkazildi. Tadbirda vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalarining 220 nafardan ortiq mas’ul xodimlari iştirok etdi. Xorijiy ekspertlar iştirokida davlat taşkilotlarining 400 dan ortiq içki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasini oşiriş kurslari taşkil etilib, Korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimini joriy etiş böyiça 3 ta uslubiy qöllanma çop etildi. Bugungi kunda 19 ta davlat taşkiloti, 1 ta tijorat banki “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejment tizimi” böyiça ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatiga ega böldi.

Ma’lumot uçun: Xalqaro ekspertlar tavsiyasiga köra,
mazkur sertifikat mamlakatning xalqaro reytinglarda ustuvor ahamiyat kasb etişi, investision jozibadorligini oşiriş va investorlar kirib kelişini ta’minlaşga xizmat qiluvçi omillardan biri hisoblanadi.
Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimi joriy qilindi. (PQ-81-son qarorga asosan)

Uşbu tizim doirasida dastlab eksperiment tariqasida 24 ta davlat taşkilotining faoliyati baholandi.

Ma’lumot uçun: Baholaş natijalariga köra, 24 ta davlat taşkilotining korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgaça reytingda baholanib, 3 ta taşkilot faoliyat samaradorligi “yaxşi” – (81-100 ball), 10 ta taşkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 11 ta taşkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratildi. 2022 yil 1 iyuldan boşlab reyting baholaş tizimi boşqa davlat organlari va taşkilotlari faoliyatiga tadbiq etildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş tizimini joriy etiş doirasida:

a) “E-Anticor.uz” elektron platformasi işga tuşirilib, reyting baholaş töliq uşbu platformada amalga oşirildi;

b) OAVda qaror mazmun-mohiyatini yoritişga qaratilgan tarğibot tadbirlari taşkil etildi;

v) 84 ta davlat taşkilotlarning mas’ul xodimlari uçun reyting baholaş yuzasidan seminar-trening (öqitiş) ötkazildi;

g) korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini samarali taşkil etiş va sohaga oid içki idoraviy hujjatlarning namunalari qamrab olingan qöllanma va metodologik videorolik işlab çiqildi;

d) Korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaşni mustaqil amalga oşiruvçi ekspertlar guruhi tarkibini şakllantiriş va uning faoliyatini taşkil etiş tartibi tasdiqlandi;

ye) Baholaş jarayonida foydalaniş uçun reyting baholaş uslubiyoti işlab çiqildi.

NNT va jamoatçilik bilan işlaş

Agentlik buyurtmasiga asosan, Nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan mahalliy nodavlat notijorat taşkilotlari uçun qiymati 720 mln sömlik 3 ta Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi e’lon qilindi. Mazkur tanlovda Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi va “Ijtimoiy fikr” markazi ğolib bölişdi. Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazi tomonidan taşkil etilgan “Jurnalistlar, NNT faollari va blogerlarning korrupsiyaga qarşi kuraş masalalarini yoritiş böyiça salohiyatini oşiriş” böyiça Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 150 dan ortiq jurnalist va blogerlar uçun treninglar taşkil etildi. Unda korrupsiya tuşunçasi va turlari, korrupsiyani yoritişda jurnalist, fuqarolik jamiyati va blogerlarning roli, pora bilan boğliq işlarni yoritişning öziga xos jihatlari, jurnalist suriştiruvi, ob’yektivlik va şaffoflik, mavzularni yoritişda axloqiy me’yorlar, jurnalist xavfsizligi kabi masalalar yoritildi. Loyiha doirasida videorolik va jurnalistlar uçun metodologik qöllanma tayyorlandi. “Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda joriy yilning aprel-may oyida respublika böyiça “Korrupsiya va korrupsiyaviy holatlarning jamiyat hayotiga tarqalganlik darajasi jamoatçilik ongida idrok etilişini baholaş” mavzusida kompleks tadqiqot ötkazildi. Tadqiqotda mansabdor şaxsning korrupsiyaga qöl urişi va fuqarolarning mansabdor şaxslarni pora bilan sotib olişga urinişining motivlari örganildi. Agentlik hamda BMT TDning qöşma taşabbusi bilan “Özbekistonda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi rolini oşiriş uçun fuqarolik makonini, ayollar va yoşlar ovozini mustahkamlaş” loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri fuqarolik jamiyati institutlari, ayollar nodavlat notijorat taşkilotlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy hamjamiyatlardan iborat korrupsiyaga qarşi fuqarolik makonini yaratiş orqali jamiyatda halollikka bölgan talabni şakllantirişdan iborat. Joriy yilning 28 iyun kuni hamkor taşkilotlar bilan birgalikda «Yoşlar halolligi kuni» tadbiri taşkil etildi. Unda mazkur taşkilot va idoralarning rahbariyati hamda mamlakatimizning turli hududlaridan yoşlar vakillari bevosita va onlayn tarzda iştirok etdi. Mazkur loyiha doirasida yoşlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlik munosabatini kuçaytiriş, halollikni keng tarğib qiliş orqali ularni uşbu illatga qarşi kuraşişga faol jalb qiliş maqsad qilingan. Agentlik, Adliya vazirligi, Boş prokuratura va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarşi kuraşiş va oldini olişda innovasiyalarni işlab çiqiş va joriy etiş jarayoniga jalb qiliş” mavzusida qöşma tanlov e’lon qilindi. Tanlov korrupsiyaga qarşi kuraşiş jarayonida ayollar va yoşlarning rolini oşiriş, yoşlar sportida korrupsiyaning oldini oliş, imkoniyati çeklangan odamlarning huquq va erkinliklarini himoya qilişda korrupsiyaning oldini oliş, jurnalistik suriştiruvlarni ötkaziş, bolalarni korrupsiyaga qarşi ta’lim va tarbiyalaşning innovasion ğoyalari va yangi mexanizmlarini qöllaş kabi 7 ta mavzularda e’lon qilindi. Baholaş komissiyasi qaroriga köra 9 ta NNT takliflari yuqori ball oldi. Bular qatorida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi NNT, “Muloqot” jamoat birlaşmasi NNT, Respublika yoş olimlar kengaşi, “Toşkent ayollar tadbirkorlik markazi” NNT (Toşkent ş.), “Ziyonur” Farğona viloyati ayollar va ösmirlarni ijtimoiy, huquqiy va ekologik qöllab-quvvatlaş markazi, “Çexra” ayollar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy qöllab-quvvatlaş markazi NNT, (Farğona viloyati), “Istiqbolli avlod” Respublika ijtimoiy axborot markazi Sirdaryo viloyati filiali (Sirdaryo viloyati), “Inson huquqlari madaniyati markazi” NNT (Toşkent viloyati), va “Taraqqiyot” NNT (Buxoro).

“Ijtimoiy fikr” markazi bilan hamkorlikda doimiy ravişda aholining korrupsiyani qabul qiliş darajasi hamda mamlakatdagi islohotlarning aholi tomonidan qabul qilinişi har oyda örganib kelinmoqda. Jumladan, 2022 yilning II çoragida tarmoqlar va hududlar kesimida korrupsiya bilan boğliq masalalar haqida fuqarolarning fikrlari, takliflari hamda murojaatlari asosida mamlakatda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasidagi vaziyatni örganiş maqsadida telefon sörovi natijalari tahlil qilinganda korrupsiyaning mavjud böliş omillariga – mansabdor şaxslar va aholining xulq-atvori bilan boğliq omillarga respondentlarning munosabatini aniqlab berdi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarni keng jamoatçilikka tizimli ravişda yetkazib boriş maqsadida “Uzbekistan Anti-Corruption digest” onlayn jurnali 1-2-sonlari uçta tilda e’lon qilindi.

“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan “Korrupsiya va korrupsiyaviy holatlarning jamiyat hayotiga tarqalganlik darajasini jamoatçilik ongida idrok etilişini baholaş” jamoatçilik fikri sörovi natijalari hamda Jurnalistlarni qayta tayyorlaş markazining “Fuqarolarning korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida xabardorligini oşiriş: ommaviy axborot vositalarining örni” loyihasi böyiça yakuniy hisobot taqdim etilib, OAVlarda e’lon qilindi. Agentlik huzuridagi Jamoatçilik kengaşining yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi. Joriy yilning 27 avgust kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi huzurida Jamoatçilik kengaşining yangi tarkibining birinçi majlisi bölib ötdi.

Xalqaro hamkorlik

Hamkorlik doirasida:

  1. YEXHT kömagida davlat xizmatçilari uçun “Oçiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantiriş, oçiqlik, şaffoflik va hisobdorlik madaniyatini oşiriş” mavzusida ikki kunlik trening ötkazildi. (2022 yil 22-23 iyun)
  2. BMT TD bilan hamkorlikda “Yoşlar halolligi kuni” taşkil etildi. (2022 yil 28 iyun)
  3. BMT TD, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi bilan hamkorlikda “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşişda xotin-qizlarning rolini kuçaytiriş va faolligini oşiriş” mavzusida trening taşkil etildi. (2022 yil 13-16 iyul)
  4. Davlat organlari va taşkilotlari faoliyati oçiqligini ta’minlaşga qaratilgan öquv dasturi va maxsus platforma işlab çiqildi. (2022 yil sentyabr oyi)

Agentlik delegasiyasining 6 ta xorijiy davlatlarga 8 ta xizmat safarlari va Xalqaro taşkilotlar, aksilkorrupsiya faoliyatini amalga oşiradigan xorijiy davlatlar mas’ul organlari hamda elçixonalar vakillari bilan 60 dan ortiq uçraşuvlar taşkil etildi. Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda 32 ta tadbirlar (forum, konferensiya, davra suhbati, seminar, treninglar) taşkil etildi.

Natijada:

  • Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda BMT TD örtasida “Özbekistonda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining rolini oşiriş maqsadida fuqarolik jamiyatini hamda ayollar va yoşlar ovozini mustahkamlaş” loyihasi amalga oşirilmoqda;
  • YEXHT bilan “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşişda kömaklaşiş” loyihasining 2-bosqiçi işga tuşirildi;
  • Samarqand şahrida Agentlik, Boş Prokuratura va BMT GJB hamkorligida «Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Korrupsiyaga qarşi Konvensiyasi Ipak yöli iqtisodiy kamari böyidagi mamlakatlarda amalga oşirilişini qöllab-quvvatlaş orqali barqaror rivojlanişga kömaklaşiş» loyihasi doirasida «Investision faoliyatda korrupsiya holatlarining oldini oliş va unga qarşi kuraşiş» mavzusiga bağişlangan birinçi mintaqaviy seminar taşkil etildi (18-20 may 2022 yil);
  • Jahon bankining ekspertlik kömagi jalb qilindi. Jahon banki ekspertlari iştirokida davlat xizmatçilari daromadlarini deklarasiyalaş va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş mavzularida 4 ta seminar va treninglar taşkil etildi;
  • Davlat xizmatçilari, fuqarolik jamiyat institutlari, OAV vakillari 20 dan ortiq öquv kurslari, seminar, treninglar taşkil etildi;
  • Koreya tajribasi asosida korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligini reyting baholaş elektron platformasi va baholaş tizimi işlab çiqildi.

Joriy yilning 23 sentyabr kuni “II Toşkent xalqaro aksilkorrupsiya forumi” taşkil etildi. Forumda AQŞ, Koreya, Gonkong, Malayziya, Latviya, Ozarbayjon kabi bir qator davlatlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça idora vakillari, şuningdek, xorijiy ekspertlar, diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar, 100 dan ortiq vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi. Forum “Oçiqlik va oşkoralik korrupsiyaga qarşi kuraşning samarali mexanizmi sifatida”, “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni samarali baholaşni şakllantiriş” hamda “Korrupsiyaga qarşi kuraşişda ta’limning örni” mavzulariga bağişlangan 3 ta sessiyada taşkil etildi.