Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2024-yildagi faoliyati töğrisida ma’lumot
Asosiy körsatkiçlar
Faoliyatning asosiy yönalişlari
Taşkiliy-huquqiy asoslarni takomillaştiriş
8 ta normativ-huquqiy hujjat, jumladan “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun qabul qilindi; sport sohasidagi korrupsiya uçun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Murojaatlar bilan işlaş
4 176 ta murojaat; 41 ta taqdimnoma kiritildi, 7 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 6 ta jinoyat va 10 ta maʼmuriy iş qözğatildi.
Agentlik tomonidan ötkazilgan örganişlar
Huquqni muhofaza qiluvçi organlarga 293 ta material yuborildi: 28 ta jinoyat va 104 ta maʼmuriy iş qözğatildi.
«Komplayens-nazorat» tizimini joriy qiliş
101 ta taşkilotning 7 525 ta funksiyasi baholandi: 495 tasi yuqori xavf-xatarli; 852 nafar içki nazorat xodimining malakasi oşirildi.
Davlat organlari faoliyatining oçiqligi
103 ta organ monitoring qilindi: 45 ta taqdimnoma; Oçiqlik indeksida 31 tasi “yaşil”, 43 tasi “sariq”, 29 tasi “qizil”.
Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş
182 nafar mansabdor şaxsning yaqin qarindoşlari böysunuvida işlaşi, 1 513 nafar xodimning tadbirkorlik bilan şuğullanişi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi
327 ta loyihaning 233 tasida (71 foiz) 676 ta korrupsiyani keltirib çiqaruvçi omil aniqlandi.
Xalqaro hamkorlik
Hamkorlikka oid 5 ta hujjat imzolandi; 55 ta uçraşuv, 12 ta seminar va 3 ta xalqaro forum ötkazildi; Markaziy Osiyo mintaqaviy platformasi işga tuşirildi.
| Nomi | Yuklab oliş |
|---|---|
| Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2024 yil davomida amalga oşirilgan işlar töğrisida ma’lumot PDF | Yuklab oliş: Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining 2024 yil davomida amalga oşirilgan işlar töğrisida ma’lumot, PDF |
Bölimlar böyiça töliq matn
Taşkiliy-huquqiy asoslarni takomillaştiriş
Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan 2024- yilda korrupsiyaga qarşi kuraşişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, davlat byudjeti mablağlarining samarali sarf etilişini nazorat qiliş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş, xalqaro hamkorlik kölamini kengaytiriş yönalişlarida quyidagi işlar amalga oşirildi:
2024 yilda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan:
– Özbekiston Respublikasining “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi qonun qabul qilindi. Uşbu qonun bilan şuningdek, manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi qonunçilik talablarini bajarmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi;
– Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qöşimçalar kiritilib, qonun bilan sport sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarlik uçun jinoiy javobgarlik belgilandi;
– Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun ijrosini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi va manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş böyiça 2024 yilda amalga oşiriladigan işlar yuzasidan “Yöl xaritasi” tasdiqlandi;
– Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatçilarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi bilimlarini uzluksiz oşiriş tizimini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi» elektron platformasini işga tuşiriş belgilandi;
– Vazirlar Mahkamasining “2024 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, fuqarolik, oila, axborot va axborotlaştiriş, taʼlim, fan va madaniyat töğrisidagi qonunçilik hujjatlarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş rejalari tasdiqlandi;
– Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va taşkilotlarining oçiqlikni taʼminlaş sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilişini masofadan monitoring qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi;
– «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi» elektron platformasida öqitişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi;
– Mavjud manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi deklaratsiyalar va manfaatlar töqnaşuvini hisobga oliş reyestrining namunaviy şakllari tasdiqlandi.
Korrupsiya sabab va şart-şaroitlari tahlili
Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyaning kelib çiqişiga sabab bölayotgan omillar aniqlanib, ularni bartaraf etiş böyiça çoralar körildi.
Jumladan: Davlat xaridlari sohasida xaridlar hajmini qismlarga böliş orqali amalga oşirilganligi, tender savdolarida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilganligi;
Soğliqni saqlaş sohasida işga qabul qilişda şaffof tizim yaratilmaganligi, tibbiyot muassasalarida byudjet mablağlarining talon-toroj qilinayotganligi;
Madaniyat sohasida milliy seriallarni yaratiş uçun telekanallarga subsidiya berişning aniq tartib-taomillarning belgilanmaganligi;
Huquqni muhofaza qiluvçi organlarda jinoyat işining suriştiruv va tergov jarayonida hamda ehtiyot çorasini tanlaş jarayonida yengillik qiliş evaziga taʼmagirlik holatlari sodir etilayotganligi;
Quriliş sohasida inson omilini imkon qadar istisno etadigan raqamlaştiriş işlari sust olib borilayotganligi, quriliş obyektlarida nazoratning yetarli darajada emasligi;
Ilmiy daraja olişda plagiatga yöl qöyiş, taniş-bilişçilik munosabatlaridan foydalaniş tizimida raqamlaştiriş, nazorat va javobgarlik mexanizmlarining yaratilmaganligi;
Avtomobil yöllari sohasida davlat xizmatçilarining tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilganligi kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanib, ularni minimallaştiriş böyiça takliflar işlab çiqildi.
Murojaatlar bilan işlaş
Agentlikka 2024 yil davomida jami 4 176 ta murojaat kelib tuşgan bölib, ularni körib çiqiş natijalari böyiça tegişli vazirlik va idoralarga, viloyat maxalliy hokimliklarga 55 ta sörovnoma yuborilgan, qonunbuzilişi holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan, 7 nafar şaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, şundan 1 nafari bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan, 6 ta jinoyat işi, 10 ta maʼmuriy iş qözğatilgan va mavjud xato-kamçiliklarni bartaraf etiş çoralari körilgan.
Agentlik tomonidan ötkazilgan örganişlar
Manfaatlar töqnaşuvi, davlat xaridlari, davlat organlarining oçiqligi hamda byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş böyiça hududlar va sohalar kesimida örganişlar ötkazilib, aniqlangan qonunbuzilişilarni bartaraf etiş yuzasidan vazirlik va idoralarga 408 ta taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnomalar natijasida xato va kamçiliklarga yöl qöygan 85 nafar şaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralari qöllanildi, 234 ta holatda jami 263,9 mlrd. sömlik xaridlar bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlari ötkazilişining oldi olindi.
Bundan taşqari, örganişlar natijasida aniqlangan qonunbuzilişi holatlariga huquqiy baho beriş uçun 293 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilib, ular asosida Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan umumiy 28 ta jinoyat işi va 104 ta maʼmuriy iş qözğatildi.
Ötkazilgan örganişlar natijasida jami 222,7 mlrd sömlik moddiy zararning davlat byudjetiga qaytarilişi yuzasidan qarorlar qabul qilingan.
Ommaviy axborot vositalarida korrupsiya holatlariga yöl qöyilayotganligi yuzasidan eʼlon qilingan 55 ta xabarlar örganilib, ularning 25 tasi böyiça davlat xaridlarida qonunbuzilişi holatlarining mavjudligi hamda 5 tasida davlat xizmatçilari tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib kelayotgani aniqlandi va qonunbuzilişi holatlari bartaraf etildi.
«Komplayens-nazorat» tizimini joriy qiliş
Davlat idoralari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat (“komplayens – nazorat”) tuzilmalari faoliyatini samarali taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar izçil davom ettirildi.
Davlat idoralari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat tuzilmalari faoliyati takomillaştirilib, 74 ta davlat idorasi «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş menejment tizimi» böyiça ISO xalqaro standart sertifikatiga ega böldi.
Korrupsiyaning oldini oliş mexanizmlarini joriy etiş böyiça xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda 852 nafar içki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasi oşirildi.
23 ta davlat organlarining korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari rahbarlari oçiq tanlov asosida işga qabul qilindi.
123 ta davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiya haqida xabar berişga möljallangan aloqa kanallari taşkil etildi.
Davlat idoralarining funksiyalaridagi korrupsiya xavf-xatarlar darajasi baholaşdan ötkazilib, 101 ta davlat organlari va taşkilotlarining 7 525 ta funksiyalaridan 495 tasi korrupsiya xavf-xatar darajasi“yuqori”, 1 541 tasi “örta”, 5 489 tasi “past” baholandi va Korrupsiyaga moyil bölgan munosabatlar elektron reyestri şakllantirildi.
Korrupsiya darajasi yuqori bölgan 495 ta funksiyalarning 172 tasida raqamlaştiriş, 67 tasida amaldagi içki idoraviy hujjatlarni takomillaştiriş yoki yangisini qabul qiliş orqali, 62 tasida qöşimça nazorat mexanizmlarini joriy qiliş, 42 tasida oçiqlikni taʼminlaş, 152 tasida xodimlarni öqitiş va malakasini oşiriş orqali minimallaştiriş çoralari körilmoqda.
Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi reyting baholanib, 95 ta taşkilotning 42 tasi “yaxşi”, 38 tasi “qoniqarli” va 15 tasi “qoniqarsiz” deb topildi.
“Qoniqarsiz” baholangan rahbarlarining hisobotlari eşitilib, tanqidiy muhokama qilindi.
Davlat organlari faoliyatining oçiqligi
Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligi monitoring qilinib, aniqlangan kamçiliklar böyiça taʼsir çoralari qöllanildi. Xususan, 103 ta davlat organlari va taşkilotlarining oçiqligi monitoring qilinib, natijalari böyiça 45 ta taqdimnoma kiritildi.
Oçiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar mansabdor şaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik çoralari qöllanildi.
Şuningdek, “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlari orqali 6 ta vazirlik (Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik, Qişloq xöjaligi, Transport, Energetika va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari) va 2 ta viloyat hokimliklari (Andijon va Namangan)ga taqdimnomalar kiritildi.
Davlat organlari va taşkilotlarining oçiqlikni taʼminlaşga masʼul xodimlarni öqitiş böyiça “E-learning” elektron platformasi işga tuşirilib, 119 ta davlat organlarining 588 nafar masʼul xodimi öqitildi.
Davlat idoralari faoliyati oçiqligi darajasini baholaşga qaratilgan Oçiqlik indeksi şakllantirilib, uning doirasida 103 ta davlat organlarining 31 tasi “yaşil”, 43 tasi “sariq” va 29 tasi “qizil” baholandi hamda bu tizim orqali barça darajadagi rahbar xodimlarning oçiqlikni taʼminlaş sohasidagi masʼuliyati oşirildi.
Xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida ajratilayotgan mablağlarning maqsadli işlatilişi jarayonida oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaş ustidan doimiy nazorat örnatildi.
Xususan, Qişloq infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan 815 mln dollarlik 3 ta loyiha böyiça mahallalarda “Taşabbuskor guruhlar” taşkil etilib, ajratilgan mablağlarni mahalla faollari bilan maslahatlaşgan holda sarflaş amaliyoti yölga qöyildi.
Manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş
Özbekiston Respublikasining “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonuni hamda Qonun ijrosini samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri raisligida “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun ijrosini taşkil etiş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça respublika idoralararo komissiyasi faoliyati yölga qöyildi.
“Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va taşkilotlari röyxati tasdiqlandi.
Röyxatga 27 ta respublika darajasidagi davlat organi va taşkiloti, 71 ta respublika ijro etuvçi hokimiyat organi, 10 ta davlat maqsadli jamğarmasi, viloyatlar va tuman-şahar hokimliklari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan 49 ta xöjalik jamiyatlari, unitar korxonalari kiritildi.
Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar töqnaşuvi holatlari, ularni bartaraf etiş çoralari böyiça uslubiy qöllanma işlab çiqildi.
Qonun kuçga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda işlaşi bilan boğliq masalalar davlat organlari va taşkilotlarida işçi guruhlar tuzgan holda örganildi.
Örganişlarda 182 nafar mansabdor şaxsning yaqin qarindoşlari bevosita böysunuvida yoki nazorat ostida işlayotganligi, 1 513 nafar xodimning davlat xizmati bilan bir vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotganligi bilan boğliq manfaatlar töqnaşuvi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi.
Davlat idoralari va taşkilotlarning 95 600 nafardan ortiq xodimi test sinovlarini topşirdi, 85 581 nafar xodimi öqitildi.
«E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar töqnaşuvi bilan boğliq holatlarni aniqlaş va onlayn monitoring qiliş imkonini beruvçi elektron modul işga tuşirildi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi
Agentligi tomonidan 327 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkazilib, natijalariga köra 327 ta loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 ta korrupsiyani keltirib çiqaruvçi omillar aniqlandi va ularni bartaraf etiş çoralari körildi.
NNT va jamoatçilik bilan işlaş
Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani, Jizzax viloyatining Jizzax şahri, Buxoro viloyatining Vobkent tumanida “Şaffof şaharlar”, “Halol tumanlar” loyihasi işga tuşirildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşişda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oşiriş böyiça 10 dan ortiq seminar-trening tadbirlari NNTlar uçun 2 ta grant loyihalariga tanlov eʼlon qilindi.
Agentlik tomonidan nodavlat taşkilotlari bilan hamkorlikda “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida “Oliy taʼlim muassasalari talabalarining bilimini baholaşda nohalollik va korrupsiya omillari”, “Akuşerlik xizmatlarini körsatişda nohalollik va korrupsiya xavflari”, “Maktabga qabul qilişda korrupsiya xavfini kamaytiriş böyiça tavsiyalarning bajarilişini monitoring qiliş” hamda “Ipoteka krediti uçun subsidiya ajratiş jarayonida korrupsiya xavflari” mavzularida tadqiqotlar ötkazildi.
Aholini korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça islohotlar haqida xabardor qiliş maqsadida mahalliy va xorijiy OAV, ijtimoiy tarmoqlarda 1 600 dan ortiq materiallar eʼlon qilindi, matbuot anjumani va brifinglar ötkazildi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik yönalişida 2024-yilda xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş idoralari bilan hamkorlikka oid jami 5 ta hujjat, şundan 3 ta memorandum, 1 ta çora-tadbirlar rejasi va 1 ta strategik hamkorlik bitimi imzolandi.
Xalqaro hamkorlik yönalişida Oliy Majlis palatalarining vakillari Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Parlamentariylar Global taşkiloti aʼzoligiga aʼzo böldi.
Toşkent şahrida ilk marotaba korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida Media forum bölib ötdi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlik qiliş va tajriba almaşiş tizimini yaratiş maqsadida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Toşkent şahrida Markaziy Osiyo Mintaqaviy platformasi işga tuşirildi.
Yoşlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatni şakllantiriş maqsadida BMTning korrupsiyaga qarşi taʼlim va yoşlarning imkoniyatlarini kengaytiriş global resursi (GRACE) dasturini Özbekistonda keng joriy etiş böyiça “Yöl xaritasi” tasdiqlandi.
2024-yilda xalqaro taşkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarşi kuraşiş idoralari bilan hamkorlikka oid 4 ta hamkorlik töğrisida bitim va Memorandum imzolandi.
Xalqaro hamkorlar bilan 55 ta rasmiy uçraşuv ötkazilib, xalqaro ekspertlar iştirokida 12 ta seminar trening hamda 3 ta xalqaro Forum taşkil etildi.
2024-yilda xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda 4 ta qöşma loyiha işga tuşirildi.
Xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan Milliy strategiyasi loyihasi işlab çiqildi.
IHTTning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uçun korrupsiyaga qarşi kuraşiş tarmoği Istanbul harakatlar rejasi doirasida 5-bosqiç monitoringi ötkazildi va Özbekistonning korrupsiyaga qarşi siyosati 83.6 ball bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori baholandi.
Xalqaro reyting va indekslar
Transparency International taşkilotining Korrupsiyani qabul qiliş indeksida 2020-yil Özbekiston 180 ta davlat orasida (26 ball) 146-örinni, 2021-yilda (28 ball) 140-örinni, 2022-yilda (31 ball) 126-örinni, 2023-yil yakunlari böyiça (33 ball) 121-örinni, 2024-yilda esa (32 ball) 121-örinni egalladi.