Онлайн-обращение

Сообщить о коррупции

Отменить Сообщить

Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Подробнее
Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Подробнее
Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Подробнее
Будет реализован проект «Совершенствование управления в Узбекистане»

Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Подробнее
Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Подробнее
Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Подробнее
Халқаро валюта жамғармаси вакиллари Ўзбекистоннинг аксилкоррупция сиёсатидаги муҳим ўзгаришлар билан танишди

Bugun, 20-iyun kuni AOKAda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi Durdona Ochilova ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻtkazilgan pora olish bilan bogʻliq jinoyatlar tahlili xususida soʻz yuritildi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida qilingan ishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, oxirgi 5-yilda Davlatimiz rahbari boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish, jamiyatning barcha qatlamini mazkur illatga qarshi kurashishga safarbar etish borasida yangi davr boshlandi.

Taʼkidlash oʻrinliki, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasining institutsional asoslarini mustahkamlash boʻyicha yangi organlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun masʼul boʻlgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. 

Korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan sohalar va tarmoqlarda “Korrupsiyasiz soha” va “Korrupsiyasiz hudud” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.

2021-yilning 1-oktyabridan barcha  davlat organlari va tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etila boshladi.

Islohotlarning ijobiy natijasini bugun ushbu yoʻnalishda konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishi, aholining davlat organlariga nisbatan ishonchi ortishi misolida koʻrish mumkin.

Jumladan, pora olish (Oʻzbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi) korrupsiyaviy jinoyatlar orasidagi eng ogʻir va ijtimoiy xavfliligi yuqori boʻlgan jinoyatlardan biri boʻlib, soʻnggi yillarda ushbu jinoyat sonining kamayishiga erishilmoqda.

Misol uchun, 2019-yilda 177 ta, 2020-yilda 161 ta, 2021-yilda 91 ta pora olish jinoyati sodir etilgan boʻlib, pora olish jinoyati oxirgi uch yilda deyarli 50 foizga kamaygan.

Yoki boʻlmasa, joriy yilning oʻtgan 5 oyi davomida 17 ta pora olish jinoyati sodir etilgan boʻlib, bu oʻtgan 2021-yilning 5 oyiga nisbatan (2021-yilning 5 oyida 57 taga pora olish jinoyati sodir etilgan) 40 taga kam hisoblanadi.

 

Hududlar kesimida tahlil qilinganda:

Toshkent shahrida – 18 ta;
Toshkent viloyatida – 13 ta;
Jizzax viloyatida – 9 ta;
Andijon viloyatida – 8 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 8 ta;
Surxondaryo viloyatida – 7 ta;
Samarqand viloyatida – 5 ta;
Buxoro viloyatida – 4 ta;
Namangan viloyatida – 4 ta;
Fargʻona viloyatida – 4 ta;
Xorazm viloyatida – 4 ta;
Sirdaryo viloyatida – 3 ta;
Navoiy viloyatida – 2 ta;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 2 ta sodir etilgan.

Pora olish jinoyatlarining 10 tasi viloyat, 81 tasi tuman-shahar miqyosidagi davlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan boʻlib, tuman-shahar miqyosidagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan pora olish jinoyatlari umumiy pora olish jinoyatlarining 89 foizni tashkil qilgan.

Koʻrish mumkinki, 2021-yilda Respublika miqyosidagi davlat tashkilotlarida ishlovchi mansabdor shaxslar tomonidan pora olish jinoyatlari sodir etilganligi aniqlanmagan.

Lavozimlar doirasida tahlil qilinganda 91 ta pora olish jinoyatidan 49 tasi birinchi darajali rahbarlar, 8 tasi rahbar oʻrinbosari, 34 tasi ijrochi va texnik xodimlar tomonidan sodir etilgani, mansabdor shaxslardan 77 nafari erkak, 14 nafari ayol ekanligi maʼlum boʻldi.

Sohalar kesimida tahlil qilinganda 91 ta pora olish jinoyatidan 20 tasi ichki ishlar (8 tasi yoʻl harakati xavfsizligi), 12 tasi maktabgacha taʼlim, 10 tasi hokimlik, 6 tasi harbiy, 6 tasi qishloq xoʻjaligi, 4 tasi xalq taʼlimi, 4 tasi qurilish, 3 tasi kommunal xizmat (elektr, gaz, suv) va 26 tasi boshqa sohalar hisobiga toʻgʻri kelgan.

Shuningdek, 91 ta pora olish jinoyatidan 26 tasi yoki 28,5 foizi bevosita sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan boʻlib, umumiy pora olish jinoyatining deyarli uchdan bir qismini tashkil etgan.

Bundan tashqari, 91 ta pora olish jinoyatidan 65 tasi ijro tizimiga kiruvchi davlat boshqaruv organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan boʻlib, ularning 18 tasi (19,7 foizi), deyarli beshdan bir qismi taʼlim tizimi xodimlari hisobiga toʻgʻri kelgan.

Lavozimlar doirasida tahlil qilinganda 91 ta pora olish jinoyatidan 49 tasi birinchi darajali rahbarlar, 8 tasi rahbar oʻrinbosari, 34 tasi ijrochi va texnik xodimlar tomonidan sodir etilgani, mansabdor shaxslardan 77 nafari erkak, 14 nafari ayol ekanligi maʼlum boʻldi.

2021-yilda sodir etilgan 91 ta jinoyat ishlari boʻyicha Jinoyat kodeksining 210-moddasi, yaʼni pora olish bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, 22 tasi 210-modda birinchi qismi, 63 tasi 210-modda 2-qismi, 6 tasi 210-modda 3-qismi bilan qoʻzgʻatilgan.

Mazkur 91 ta pora olish jinoyatlarining 38 tasi taʼmagirlik, 19 tasi takroran, 4 tasi koʻp miqdorda, 4 tasi juda koʻp miqdorda, 2 tasi bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirish bilan bogʻliq boʻlsa, 2 tasi uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan.

Pora olish jinoyatlari boʻyicha 500 ming AQSH dollari va 113,7 mln. soʻm pora olingan boʻlib, 62 ta holatda (oʻrtacha 8 065 AQSH dollari) AQSH dollarida, 29 ta holatda (oʻrtacha 3,92 mln soʻm) soʻmda olingan.

Eng koʻp pora miqdori 200 ming AQSH dollarini, eng kam pora miqdori 50 AQSH dollarini tashkil etgan.

Sodir etilgan 91 ta pora olish jinoyatlarining 75 tasi tezkor tadbir 16 tasi tergovga qadar tekshirish davomida fosh etilgan boʻlib, pora predmeti boʻlgan pullar 5 ta holatda vositachilar va 86 ta holatda toʻgʻridan-toʻgʻri mansabdor shaxslar tomonidan olingan.

Ushbu 91 ta jinoyatdan 20 tasi ishga qabul qilish, 8 tasi maʼmuriy chora koʻrmaslik, 6 tasi yer ajratish, 4 tasi qurilishga ruxsat berish, 3 tasi yerdan ijara asosida foydalanishga ruxsat berish, 3 tasi avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish, 2 tasi postdan ruxsatnomasiz oʻtkazishga ruxsat berish, 2 tasi pensiya tayinlash, 2 tasi davlat xaridlari boʻyicha shartnoma imzolash uchun ulush talab qilish, 2 tasi chegaradan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlib, qolgan 39 ta holatda jinoyatlar boshqa vakolatlardan foydalanish asosida sodir etilgan.

Koʻrish mumkinki, 22 foiz pora olish jinoyati ishga olish vakolatidan foydalanish orqali sodir etilgan boʻlib, ularning 15 tasi texnik va ijrochi xodimlarni taʼlim (11 tasi maktabgacha taʼlim, 4 tasi xalq taʼlimi) muassasalariga ishga qabul qilish bilan bogʻliq.

Shuningdek, 8 ta maʼmuriy chora koʻrmaslik vakolatidan foydalangan holda sodir etilgan pora olish jinoyatlarining 5 tasi ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan boʻlib, ularning 3 tasi yoʻl-patrul xizmati inspektorlari, 2 tasi profilaktika inspektorlari hisoblanadi.

Bundan tashqari, 6 ta yer sotish bilan bogʻliq pora olish jinoyatlaridan 4 tasi mahalliy hokimlik (3 tasi tuman hokimi oʻrinbosari), 2 tasi qurilish boʻlimi xodimlari hisoblanadi.

Poraxoʻrlik jinoyatlari boʻyicha javobgarlik muqarrarligini taʼminlash va unga qarshi kurashish yuzasidan Agentlik tomonidan bir qator takliflar ishlab chiqildi. Xususan:

1. Pora olish jinoyati boʻyicha tergov va sud amaliyotini umumlashtirish orqali mavjud muammolarni aniqlash hamda normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;

Jumladan, aksariyat pora olish jinoyatlari tezkor tadbirlar natijasida fosh etilayotganligini inobatga olgan holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlaridan takliflar olish va ushbu takliflar asosida Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish masalasini koʻrib chiqish;

2. Korrupsiyaviy jinoyatlarni fosh etishda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tizimi samarali natija berayotganligini inobatga olgan holda pora olish jinoyatlarini fosh etishda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirishning ichki idoraviy tizimini yaratish lozim boʻlib, bu jarayonda shaxslarning xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish;

3. Korrupsiyaviy jinoyatlar, xususan, pora olish jinoyati haqida xabar berishning tezkor va xavfsiz tizimini yaratish, ushbu tizimdan barcha fuqarolarning foydalanish imkoniyatini yaratish;

4. Pora olish jinoyatlarining aksariyati ishga olish vakolatidan foydalanish orqali sodir etilgani va ularning koʻpchiligi taʼlim tizimiga toʻgʻri kelgani sababli maktabgacha taʼlim muassasasi va umumiy oʻrta taʼlim maktablariga ijrochi xodimlarni ishga olish jarayoni ustidan nazoratni toʻliq Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligiga oʻtkazish, ish oʻrinlari boʻyicha ochiq tanlovlar oʻtkazilishini taʼminlash.

Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Другие новости

Все новости