Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari rahbar va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishning suhbat bosqichi boshlandi
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida korrupsiyaga ichki nazorat bo‘linmalari rahbar va xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishning suhbat bosqichi boshlandi.

Suhbat jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda, ishtirokchilarning kasbiy yondashuvi, amaliy vaziyatlarni tahlil qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tegishli qarorlar qabul qilish qobiliyati baholanmoqda.

Attestatsiya jarayonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida suhbat jarayonlari real vaqt rejimida Agentlikning YouTube sahifasi orqali efirga uzatilmoqda.

Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga uch yil muddatga amal qiluvchi guvohnoma beriladi.

Qo'shimcha ma’lumotlar bilan Agentlik rasmiy saytida tanishish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati