Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent tuman o‘rmon xo‘jaligi texnikumi buyurtmachiligida 2023-yil 20-iyun kuni o‘tkazilgan 507,8 mln so‘mlik davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi va boshqa qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Xususan, ushbu xaridda ishtirok etgan 2 nafar tadbirkorlarning barcha hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan foydalanilgan kompyuterning IP-manzili orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha 21-iyun kuni xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Shuningdek, holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga so‘rovnoma kiritildi.

Agentlikning taqdimnomasiga binoan Toshkent tuman o‘rmon xo‘jaligi texnikumi tomonidan 3-iyul kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar