Virtual qabulxona

Yangi qonunning mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Yangiliklar 4 362 marta körilgan

Joriy yilning 25-avgust kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari uchun “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligining masʼul xodimi tomonidan qonun bilan tartibga solinayotgan masalalar:

  • normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasining asosiy prinsiplari;
  • korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazadigan organlar va ularning vakolatlari;
  • normativ-huquqiy hujjatlardagi va ularning loyihalaridagi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar;
  • korrupsiyaga qarshi ekspertizani o‘tkazish tartibi;
  • ushbu qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan monitoring yuzasidan taqdimot qilindi.

Seminar mobaynida normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakolatlari batafsil ko‘rib chiqildi.Qonunga ko‘ra, Agentlik davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi o‘tkazilishi chog‘ida ularga Adliya vazirligi bilan birgalikda uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Seminarda mazkur masala yuzasidan ham o‘zaro fikr-mulohaza almashildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar