Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-son Farmoniga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

Bugungi kunda Agentlik qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilab berilgan vakolatlar doirasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash yo‘nalishida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

 

– davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish va doimiy monitoring qilish, shu jumladan ularning
normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘iga joylashtirish (e’lon qilish) bo‘yicha majburiyatlari hisobini yuritish;

– davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan ommaviy axborot vositalari orqali samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha choralarning ishlab chiqilishi va joriy etilishiga ko‘maklashish;

–Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatini uzluksiz to‘ldirish, takomillashtirib borish va yangilab borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;

–                 davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarini muntazam o‘qitish va malakasini oshirish;

–davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi”ni yuritish va boshqalar.

 

Agentlik tomonidan davlat idoralari faoliyatining ochiqligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar natijalari:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni talablari va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining ijro etilishi ustidan doimiy monitoring o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, Farmon bilan tasdiqlangan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan 35 turdagi  ma’lumotlarning mas’ul davlat idoralari tomonidan joylashtirilishi monitoring qilinmoqda.

Bugungi kunda 120 dan ortiq davlat organi rasmiy veb-saytining bosh sahifasida alohida bo‘lim yaratilib, ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar tizimli ravishda e’lon qilinmoqda.

Davlat organlari faoliyatiga tegishli jami 950 dan ziyod ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini belgilangan resurslarda joylashtirib, doimiy yangilab borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

2. Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilinib, davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha ularning asosiy texnik ko‘rsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatga kiritildi.

 

3. Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” joriy etildi.

 

2023-yilning 29-mart kuni 2022-yil yakunlariga ko‘ra, davlat organlari
va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi natijalari e’lon qilindi.

Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida baholandi. Samaradorlik ko‘rsatkichlari 71 balldan 100 ballgacha to‘plaganlar - “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha bo‘lganlar - “sariq” va 55 balldan past ko‘rsatkich qayd etganlar - “qizil” toifalarga kiritildi.

“Ochiqlik indeksi”ni baholashda umumiy 86 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan bo‘lib, uning natijasiga ko‘ra, 15 ta davlat organining ochiqlikni taʼminlash faoliyati “yashil” 44 tasi  va 27 tasi “qizil” samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan baholangan.

 

4. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul xodimlarini malakasi oshirib borilmoqda.

2022-yilda Agentlik tomonidan davlat organlarining sohaga mas’ul xodimlarini o‘qitishga qaratilgan 10 dan ortiq seminar-treninglarda tashkil etilib, 300 dan ortiq davlat xizmatchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish ta’minlandi.

Davlat organlarining ochiqlikni ta’minlashga mas’ul xodimlarini onlayn o‘qitishga mo‘ljallangan “E-learning” ta’lim platformasi ishlab chiqildi. Bugungi kunda platforma o‘quv moddulari bilan to‘ldirilmoqda.

 

5. Sohani tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilmoqda.

 

2022-yilda Agentlik tashabbusi bilan 2 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilib, qabul qilinishi ta’minlandi.

Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ–786-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-son Farmoni qabul qilindi.

 

6. Yirik va muhim investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning sarflanishi jarayonida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qarorlariga muvofiq, Agentlikka investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘laridan foydalanish jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan nazoratni o‘rnatish vazifasi yuklatilgan.

Xususan, bugungi kunga qadar quyidagi 16 ta yirik va muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi jarayonida Agentlikka ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan nazoratni o‘rnatish vazifasi yuklatilgan.

 

7. Agentlik hamda Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Agentlik va Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, Farg‘ona viloyatida xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi bilan hamkorlikda ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik eshituvi o‘tkazilib, Moliya vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi va Markaziy bankning Farg‘ona viloyati boshqarmasi rahbarlarining ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida viloyatning turli hududlarida hududiy davlat organlarining faoliyati ochiqligi holatidan fuqarolarning qoniqish darajasini o‘rganish maqsadida jamoatchilik fikri so‘rovi o‘tkazildi. Unda jami 1087 nafar respondent ishtirok etdi.

“Yo‘l xaritasi” yuzasidan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Boshqa bo‘limlar