Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Haftalik dayjest

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(🗓6-10-may kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 10 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 10 ta so‘rovnoma yuborildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi tahlili natijalari e'lon qilindi.

Komplayens-nazorat:

▫️7-may

Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari uchun “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish:  “e-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash masalalari” mavzusida (onlayn) seminar-trening o‘tkazildi.

▫️10-may

“O‘zbekneftgaz” AJning Moliyaviy va komplayens-nazorat departamenti boshlig‘i lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha:

Ochiqlik indeksi natijalari asosida davlat tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha samaradorlik va natijadorlikni oshirish yuzasida ko'rilgan choralar haqida ma'lum qilindi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️6-may

Toshkent davlat yuridik universitetiga ISO 37001:2016 sertifikatini topshirish marosimida Agentlik direktori o‘rinbosari UmidaTuxtasheva ishtirok etdi.

▫️8-may

Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokiga oid amaliy muloqot tashkil etildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 82 ta (shundan 79 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 43 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(🗓29-aprel — 3-may kunlari)

✅O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 10 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 10 ta so‘rovnoma yuborildi.

🔎Kadastr agentligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligi tahlil qilindi.

✅Korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish bo‘yicha Agentlik masʼul xodimlari quyidagi tadbirlarda ishtirok etdi:

▫️27-aprel

📌“Avtomagistral” IAYKTB UK tomonidan tashkil etilgan “Korrupsiya — jamiyat kushandasi” mavzusidagi davra suhbatida;

▫️29-aprel

📌Bojxona institutida “Bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida;

▫️2- may

📌Toshkent moliya instituti talablari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkazilgan seminarda;  

▫️3-may

📌 Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida.

✅Ochiq tanlov:

▫️29-30 aprel

📌Andijon viloyati hokimligi hamda“Uzbekistan Airways” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshlig‘i lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazildi.

✅ Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️2-3-may

📌#Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida Jizzax viloyati yoshlari uchun treninglar tashkil etildi.

▫️3-may

📌Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan O‘zbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan “Milliy media mahsulot yaratishda ayollar siymosi” mavzusida tashkil etilgan xalqaro konferensiyasida Agentlik direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva ishtirok etdi.

✅ Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️30-aprel

📌Agentlik hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Yassir Abdix boshchiligidagi delegatsiya vakillarining o'zaro muloqoti tashkil etildi.

▫️30-aprel

📌 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ekspertlari bilan yangi loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

▫️1-may

📌Agentlik direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva va BMT TD eksperti D.Kotlyar o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasi muhokamasi yuzasidan (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️3-may

📌 Agentlik direktori Akmal Burxanov Yaponiyaning Doshisha universiteti professori Eyji Oyamadani qabul qildi.

▫️3-may

📌Agentlik direktori Akmal Burxanov Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida "Obro‘, ishonchlilik va xavfsizlik: korrupsiyaga qarshi samarali siyosat va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash tufayli xorijiy investitsiya muhitini yaxshilash" mavzusida bo'lib o'tgan panel sessiyasida ishtirok etdi.

✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 87 ta (shundan 80 tasi jismoniy shaxslardan,7 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 30 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

———————————————

Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(🗓22-27-aprel kunlari)

✅O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga 4 ta taqdimnoma hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 4 ta so‘rovnoma yuborildi.

✅Komplayens-nazorat:

▫️23-aprel

📌Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

✅Ochiq tanlov:

▫️23-aprel va 26-aprel

📌Transport vazirligi hamda Kinematografiya agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari;

Energetika vazirligi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi lavozimlariga ochiq tanlov o‘tkazildi.

✅ Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️25-27-aprel

📌“Yuksalish” harakati Search Uzbekistan tashkiloti bilan hamkorlikda AQSH Davlat departamentining Demokratiya, inson huquqlari va mehnat byurosi moliyaviy ko‘magida #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati yoshlari uchun treninglar tashkil etildi.

▫️27-aprel

📌Toshkent viloyati Ohangaron shahrida joylashgan 9-son maxsus harbiy maktabda “Halollik posbonlari: korrupsiyaga qarshi taʼlim va harbiy vatanparvarlik orqali yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

✅Xorij tajribasini o‘rganish:

▫️22-26-aprel

📌Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya davlatining sohadagi vakolatli idoralari faoliyati, shuningdek, Finlyandiya aksilkorrupsiya siyosati bilan tanishish va idoralararo Memorandumni imzolash maqsadida xizmat safari bilan mazkur davlatlarda bo'ldi.

✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 64 ta (shundan 62 tasi jismoniy shaxslardan, 2 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 49 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

✅Shuningdek, mazkur haftada:

📌Agentlik direktori Akmal Burxanovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o‘tdi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(🗓15-19-aprel kunlari)

✅Jamoatchilik muhokamasi:

▫️17-aprel

“Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

✅NNTlar uchun tanlov:

▫️19-aprel

Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish bo'yicha tanlov eʼlon qilindi.

✅O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

🔎Qoraqalpog'iston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi:

🔹Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi

🔹Agentlik direktorining qoraqalpoq yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Komplayens-nazorat:

📌O‘z faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni amalga oshirmagan 12 ta davlat tashkilotiga qonunbuzilishi holatlarini keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

📌 Maktabgacha va maktab talimi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari faoliyati o‘rganildi.

📌Buxoro viloyati hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

✅ Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️18-aprel

📌Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirayotgan NNT rahbarlari bilan uchrashdi.

▫️18-19-aprel

📌#Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida Nukusda yoshlar uchun trening tashkil etildi.

✅Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️16-aprel

📌BMT Taraqqiyot dasturi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

▫️17-aprel

📌Agentlik va INLning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida O‘zbekistonda aksilkorrupsiya loyihalarini ishga tushirish muhokamasiga oid uchrashuv o‘tkazildi.

▫️18-aprel

📌Agentlik va Yevropa Kengashi, BMT GJB o‘rtasida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya loyihasini muhokama qilish bo‘yicha (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️18-aprel

📌Yevropa Ittifoqi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida ishlab chiqilgan “O‘zbekistonda boshqaruvni takomillashtirish” loyihasi taqdimot qilindi.

✅Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 69 ta (shundan 65 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 55 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(1-5-aprel kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Jizzax viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganilmoqda.

Komplayens-nazorat:

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash natijalariga asosan “qoniqarli” deb topilgan davlat tashkilotlariga tavsiyalar kiritildi, “qoniqarsiz” deb baholanganlar bo'yicha ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

▫️5-aprel

“El-yurt umidi” jamg‘armasining Komplayens-nazorat bo'yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Davlat organlari va tshkilotlari faoliyatining ochiqlgini ta'minlash bo'yicha:

▫️1-aprel

Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va Ochiqlik indeksining yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️3-aprel

Agentlik mas'ul xodimi Oliy Majlis Senatida bo‘lib o‘tgan “Ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishda mintaqaviy yondashuv” mavzusidagi Osiyo xotin-qizlar forumining ishchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️2-5-aprel

O‘zbekiston Respublikasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Aksilkorrupsiya tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi 5-bosqich monitoringi o‘tkazildi:

▫️2-aprel

Agentlik direktori va Monitoring guruhi ekspertlari 5-bosqich monitoringiga oid tashkiliy masalalarni muhokama qildi.

▫️3-4-aprel

Monitoring guruhi aʼzolari qiyidagi sohalari bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari bilan muloqot o‘tkazdi:

korrupsiyaga qarshi siyosat, prokuraturaning mustaqilligi, manfaatlar to‘qnashuvi va mol-mulk deklaratsiyasi, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar;

xabar beruvchini himoya qilish, davlat xaridlari, biznesda halollik, korrupsiya jinoyatlari uchun javobgarlik;

sud hokimiyatining mustaqilligi.

▫️5-aprel

Agentlik direktori va Monitoring guruhi ekspertlari o‘rtasida Monitoring jarayonining yakuniy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Xorij tajribasini o'rganish bo'yicha:

▫️2-5-aprel

Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari D.Raximov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyo — qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko‘maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (CA TAEC)” mintaqaviy loyihasi doirasida xizmat safari bilan Fransiyada bo'ldi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 98 ta (shundan 92 tasi jismoniy shaxslardan, 6 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 30 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(25-29-mart kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️28-mart

Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligining reyting baholash natijalari e'lon qilindi.

▫️28-mart

“Toshkent Metropoliteni” DUK xodimlari uchun tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli davra suhbatida Agentlik masʼul xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️25-28-mart

Agentlik direktori A.Burxanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik bo‘yicha Global Forum (GACIF)da (Fransiya) ishtirok etdi.

▫️26-27 mart

Agentlik delegatsiyasi Bishkek shahrida (Qirg‘iziston) o‘tkazilgan Markaziy Osiyoda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyani jadal amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy platforma doirasida "Yuqori axloqiy meʼyorlarni rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish” mavzusida ikki kunlik mintaqaviy seminarda ishtirok etdi.

  ▫️27-mart

Agentlik, Qatar Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Ko‘rfaz mintaqasi vakillari o‘rtasida (onlayn) uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 84 ta (shundan 75 tasi jismoniy shaxslardan, 9 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 37 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

AOKAda quyidagi mavzularda brifing o‘tkazildi:

▫️25-mart

Korrupsiyaga oid jinoyatlar tahlili

▫️28-mart

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida 2023-yildagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligining reyting baholash natijalari

Shuningdek, mazkur haftada:

▫️29-mart

OʻzDJTUda bitiruvchi talabalar bilan Agentlikda amaliyot o'tashga oid masalalar yuzasidan muloqot qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(11-15-mart kunlari)

Jamoatchilik muhokamasi:

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish va korrupsiyaning oldini olishda taʼsirchan mexanizmlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

O‘rganishlar:

▫️14-15-mart

Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida o‘rganishlar o‘tkazdi.

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Kompyuter sotib olishda mablag‘lar o‘zlashtirilgani aniqlandi .

Namangan va Sirdaryo viloyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritildi.

Komplayens-nazorat:

▫️11-15-mart

Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti va Turonbank ATBda “Tijorat banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida seminarlar o'tkazildi.

Ochiq tanlov:

▫️15-mart

“Uzbekistan Airports” Ajning Komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i vakant lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Agentlik mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar-trening, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

▫️12-mart

Toshkent amaliy fanlar universitetida 2023-yilning 27-noyabr kuni qabul qilingan PF-200-son Prezident Farmonining mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar;

▫️14-mart

“O‘zagrolizing” AJda ochiqlikka oid davlat siyosati va vazirlik va idoralarga qo‘yilgan talablar mavzusida davra suhbati;

▫️14-mart

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Ilm-fan va ilmiy faoliyatda korrupsiya va byurokratiya: muammo va uning yechimlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy davra suhbati.

Yoshlar bilan muloqot:

▫️15-mart

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar doirasida Agentlik direktori А.Burxanov viloyat yoshlari bilan uchrashdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida quyidagi xalqaro tashkilotlar vakillari va xorijiy ekspertlar bilan (onlayn) uchrashuvlar tashkil etildi:

▫️14-mart

Agentlik, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, BMT Taraqqiyot dasturi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi;

▫️15-mart

Agentlik hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Aksilkorrupsiya tarmog‘ining (IHTT AKT) Istanbul harakatlar dasturi 5-bosqich monitoringining Boshqaruv guruhi eksperlari;

▫️15-mart

Agentlik va BMT GJB Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 87 ta (shundan 78 tasi jismoniy shaxslardan, 9 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 31 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(26-fevral—1-mart kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Komplayens-nazorat:

▫️ 29-fevral

Qurolli kuchlari Akademiyasida “Mudofaa vazirligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminarida Agentlik xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

▫️1-mart

“El-yurt umidi” jamg‘armasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha yetakchi mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️26-28-fevral

Yevropa Kengashi tomonidan Agentlik hamkorligida “Markaziy Osiyo – qonun ustuvorligi: shaffoflikka ko‘maklashish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish (CA TAEC)” mintaqaviy loyihasi doirasida xabar beruvchilarni himoya qilish bo‘yicha davra suhbati va davlat xizmatchilari uchun seminar-trening o'tkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️22-27-fevral

Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga xizmat safari tashkil etildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 72 ta (shundan 65 tasi jismoniy shaxslardan, 7 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 59 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(19-24-fevral kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Agentlik taqdimnomasiga asosan 2 mlrd 374 mln so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi.

Brifing:

▫️22-fevral

AOKAda Prezident tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilgari surilgan tashabbuslar asosida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida brifing o‘tkazildi.

Komplayens-nazorat:

▫️23-fevral

“Uzbekistan Airports” AJ xodimlari uchun korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotida Agentlik masʼul xodimi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️23-24-fevral

Agentlik tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNH bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda vazirlik va idoralar huzuridagi jamoatchilik kengashlarining rolini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️21-fevral

Agentlik direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga xizmat safari boshlandi.

Tashrifning ilk kuni BMT Bosh Kotibi yordamchisi – Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi ijrochi direktori A.Zuyev bilan uchrashuv o'tkazilib, yakunda Agentlik hamda Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi o‘rtasida Strategik hamkorlik bitimi imzolandi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 71 ta (shundan 66 tasi jismoniy shaxslardan, 5 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 46 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(12-17-fevral kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️13-14-fevral

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari masʼul xodimlari uchun “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyotiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

▫️15-fevral

"Yuksalish" harakati vakillari bilan “Korrupsiyasiz soha ofisi” loyihasini amalga oshirish doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️15-fevral

Adliya vazirligida “Qonunchilik hujjatlarini va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi va amaliyoti” mavzusida o'tkazilgan o‘quv-seminarida Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva “Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish ahamiyati” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.

▫️15-fevral

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaga qarshi siyosat. Biznesda korrupsiyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishni rag‘batlantirish” mavzusidagi seminarda Agentlik mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️16-17-fevral

K.Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ko‘magida Agentlik xodimlari uchun seminar tashkil etildi, shuningdek, Jamg‘arma hamda Agentlik hamkorligidagi loyihalar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan ikki idora rahbariyatlari o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 76 ta (shundan 75 tasi jismoniy shaxslardan, 1 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 56 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(5— 9-fevral kunlari)

O‘rganishlar:

▫️7-9-fevral

📌Agentlik direktori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Namangan viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holatini tahlil qilish maqsadida o‘rganishlar o'tkazildi.

O'rganishlar davomida:

Sog‘liqni saqlash muassasalarida korrupsiya holatlari va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish choralari joyiga chiqqan holda tahlil qilindi ;

Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishildi ;

Agentlik direktorining namanganlik yoshlar bilan muloqoti tashkil etildi .

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Davlat dasturi loyihasi muhokamasi:

▫️9-fevral

Agentlik xodimlari ishtirokida Davlat dasturi loyihasidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘rin olgan vazifalar muhokama qilindi.

Komplayens-nazorat:

▫️9-fevral

“Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJning Komplayens xizmati yetakchi inspektori lavozimiga nomzodni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazildi.

▫️9-fevral

📌Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida hokim yordamchilari ishtirokida o‘tkazilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:
▫️6-fevral

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida tashkil etilgan "Besa Global" ijrochi direktori, “Korrupsiya, odil sudlov va qonuniylik” dasturi rahbari Shayen Sharbatke va “Mintaqaviy muloqot” XNNT vakillari bilan uchrashuvda Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

▫️9-fevral

Agentlik, “Yuksalish” UH , “Mintaqaviy muloqot” XNT tomonidan amalga oshirilgan “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlarning jamoatchilik muhokamasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro hamkorlik yo'nalishida:

▫️5-fevral

Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva va AQSH Davlat  departamentining Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi rahbari N.Rettenmayer o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

▫️9-fevral

Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari o‘rtasida davlat xaridlari sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 62 ta (shundan 59 tasi jismoniy shaxslardan, 3 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 56 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(29-yanvar— 2-fevral kunlari)

Xalqaro reytinglarda:

O‘zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog‘onaga yuqoriladi.

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️31-yanvar

PQ-81-son Prezident qarori ijrosi yuzasidan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

FVV bilan davlat yong‘in nazorati inspektorlari faoliyatida korrupsiya holatlarining oldini olish va bartaraf etish yuzasidan 2024-yil uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Xalqaro hamkorlik yo'nalishida:

▫️29-yanvar

Agentlik rahbariyati va Jahon banki ekspertlari o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishga qaratilgan (onlayn) uchrashuv tashkil etildi.

▫️1-fevral

Agentlik va YXHT vakillari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening va boshqa tadbirlar:

▫️30-yanvar

“O‘zsuvtaʼminot” AJ markaziy apparati hamda hududiy suv taʼminoti korxonalarining axborot xizmati xodimlari uchun ochiqlikni taʼminlash yo‘nalishida tashkil etilgan seminar-treningda Agentlik masʼul xodimi ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 83 ta (shundan 81 tasi jismoniy shaxslardan, 2 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 21 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(22-27-yanvar kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️22-yanvar

O‘zbekiston Standartlar institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

▫️22-yanvar

Toshkent moliya instituti huzuridagi moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo institutida “Tijorat banklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil yetishga doir milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar” mavzusida seminar-tashkil etildi.

▫️24-yanvar

Agentlik masʼul xodimi Hisob palatasi tomonidan “2024-yilda davlat byudjeti mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan taʼsirchan nazorat va monitoring tizimini tashkil etish” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminarida maʼruza bilan ishtirok etdi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha:

PF-6247-son Prezident Farmoni talablari Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘ztransgaz” AJda o‘rganilib, ochiqlikni taʼminlash sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma yuborildi.

21 ta vazirlik hamda barcha mahalliy davlat boshqaruvi organlarida qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasi o‘rganildi .

Xalqaro hamkorlik yo'nalishida:

▫️22-27-yanvar

O‘zbekiston delegatsiyasining Qatar davlatiga amalga oshirilgan tashrifi Agentlik direktori A.Burxanov mazkur mamlakatning quyidagi idoralari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi:

➖Maʼmuriy nazorat va shaffoflik idorasi

➖Davlat audit byurosi

➖Qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish markazi

▫️22-yanvar

Agentlik va BMT GJBning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 71 ta (shundan 67 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 20 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(15-20-yanvar kunlari)

Oliy Majlis palatasida:

▫️20-yanvar

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️16-yanvar

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Komplayens nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️17-yanvar

O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Ekspertlar guruhi aʼzolari ishtirokida muhokama qilindi.

▫️18-yanvar

"Yuksalish" UH tomonidan "Search for Common Ground" tashkiloti bilan hamkorlikda "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" dasturiga start berishga bag‘ishlab o'tkazilgan tadbirda Agentlik mas'ul xodimi (onlayn) ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 90 ta (shundan 86 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 49 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(8-14-yanvar kunlari)

Oliy Majlis palatasida:

▫️9-yanvar

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan 2023-yildagi faoliyat sarhisob qilindi.

▫️10-yanvar

Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasining “Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli: 2024-yildagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi davra suhbatida Agentlik mas'ul xodimi ishtirok etdi.

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️14-yanvar

Bo'stonliq tumanidagi "Yoshlar" oromgohida vazirlik, idora va tashkilotlardagi yoshlar masalasiga mas'ullar uchun tashkil etilgan o'quv-seminarida Agentlik direktori o'rinbosari U.Tuxtasheva korrupsiyaga qarshi kurashishda yosh ishchi-xodimlar rolini oshirish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishning dolzarb masalalari mavzusidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 93 ta (shundan 83 tasi jismoniy shaxslardan, 10 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 79 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(27-noyabr—1-dekabr kunlari)

Qonunchilikdagi yangiliklar:

27-noyabr

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

29-noyabr

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

"Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida quyidagi vazirlik va idoralarda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi:

27-noyabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

29-noyabr

O‘rmon xo‘jaligi agentligi

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

▫️30-noyabr

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Agentlik masʼul xodimlari ishtirokida quyidagi tadbirlar o'tkazildi:

28-noyabr

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi davra suhbati

29-noyabr

Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusidagi o'quv seminar

30-noyabr

"O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJda “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi seminar mashg‘uloti

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida “Korrupsiya — taraqqiyotiga tahdid” mavzusidagi davra suhbati

1-dekabr

Energetika vazirligida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida o'tkazilgan davra suhbati

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi davra suhbati

Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida o'tkazilgan tadbir

Jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishida:

1-dekabr

“Yuksalish” UH tomonidan tashkil etilgan “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida oliy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida olib borilgan tadqiqot natijalarining jamoatchilik muhokamasida Agentlik direktori o'rinbosari U.Tuxtasheva ishtirok etdi.

“Huquqni muhofaza qilish sohasida yuridik taʼlim va fan: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish qismida Agentlik direktori A.Burxanov, konferensiyaning “Korrupsiya va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarni joriy etish: muammolar va ularning yechimlari” sessiyasida direktor o’rinbosari U.Tuxtasheva maʼruza bilan ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 85 ta (shundan 84 tasi jismoniy shaxslardan, 1 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 51 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
 (14-18-noyabr kunlari)

Oʻrganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida vazirlik-idoralarga 2 ta taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga 2 ta so‘rovnoma yuborildi.

Seminar, oʻquv mashgʻulotlari va boshqa tadbirlar:

14-noyabr 
 "Yoshlar" radiokanalining  “Yoshlar bilan muloqot” nomli radioeshittirishida  Agentlik mas’ul xodimi ishtirokida jonli efirda suhbat tashkil etildi. 

15-16-noyabr 
“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini baholash mezonlari” mavzusida ikki kunlik seminar boʻlib oʻtdi.

16-noyabr 
 Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida oʻtkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusidagi oʻquv-seminarida Agentlik mas’ul xodimi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

16-noyabr
Korrupsiyaga qarshi hududiy kengashlar uchun korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati va Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi mavzularida seminar tashkil etildi.

 16-18-noyabr 
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Davlat boshqaruv akademiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” to‘g‘risida  o'quv mashg'uloti o'tkazildi. 

18-noyabr
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Ochiq tanlovlar:

16-noyabr
“Hududgazta’minot” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari; 
 
Toshkent davlat yuridik universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens-nazorat boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimlariga ochiq tanlovlar oʻtkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

14-noyabr
Agentlik rahbariyati Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari R.Roden boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

16-17-noyabr 
 Agentlik direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Fransiya mamlakatida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qaror qabul qiluvchilarning Yuqori darajadagi uchrashuvida qatnashishdi.

16-noyabr
 Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi JICA (Japan International Cooperation Agency) tomonidan “Korrupsiyaviy jinoyatlardan olinadigan daromadlarni aniqlash, ularni xatlash va musodara qilish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi oʻquv kurslarida Agentlik masʼul xodimi ishtirok etmoqda.

6-noyabr
Agentlik rahbariyati va Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati Vakolatxonasi (GIZ) vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Ekspertlar guruhida ishtirok etish boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi.

 Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 49 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 145 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
 (7-12-noyabr kunlari)

Qonunchilikka oid yangiliklar:

7-noyabr
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi (regulation.gov.uz)ga qoʻyildi.

Oʻrganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida vazirlik-idoralarga 1 ta taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga 3 ta so‘rovnoma yuborildi.

Seminar, oʻquv mashgʻulotlari va boshqa tadbirlar:

7-noyabr
Davlat boshqaruvi Akademiyasi tomonidan davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar boʻyicha tashkil etilgan oʻquv kursida Agentlik mas’ul xodimi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

8-9-noyabr
“ “E-anticor.uz” elektron platformasidan foydalanish tartibi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari  (https://bit.ly/3AabKba)oʻtkazildi

10-noyabr 
Buxoro viloyatida “Inson huquqi madaniyat markazi” NNTning “Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazorati va unda matbuotning oʻrni” nomli loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.   

10-noyabr 
Agentlik, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tadbirkorlar bilan “Biznes — korrupsiyaga qarshi” mavzusida muloqot  (https://bit.ly/3A98tc7)tashkil etildi. 

11-noyabr 
DXX Akademiyasi tinglovchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashkil qilingan oʻquv kurslarida Agentlik mas’ul xodimi “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida xalqaro tajriba va undan Oʻzbekiston sharoitida foydalanish” mavzusida ma’ruza qildi. 

Xalqaro hamkorlik doirasida:

7-11-noyabr 
Agentlik vakillari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi obzori boʻyicha guruh yigʻilishlari, aktivlarni qaytarish boʻyicha ochiq tarkibdagi hukumatlararo ishchi guruh hamda Konvensiya doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ochiq tarkibdagi ekspertlarning hukumatlararo yigʻilishlarida (https://bit.ly/3UN4QjW) ishtirok etdi.

10-noyabr 
Agentlik direktori va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari (M.Mesnard, O.Savran, R. Mixelidze) oʻrtasida onlayn ishchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar 36 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 190 ta xat va hujjatlar kelib tushdi.



Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
 (31-oktabr — 5-noyabr kunlari)

Oʻrganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida vazirlik-idoralarga 1 ta taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga 1 ta so‘rovnoma yuborildi.

Andijon viloyatida quyidagi sohalarda o'rganishlar o'tkazildi:

 Davlat buyurtmachilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinishi;

Bandlik bosh boshqarmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi;

Viloyat hokimligi hamda 20 ga yaqin tuman va shahar hokimliklarida ochiqlikni ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi o'rganildi. 

Ochiq tanlovlar: 

2-noyabr 
 Xorazm viloyati hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari  lavozimiga ochiq tanlov tashkil etildi. 

2-noyabr 
 Surxondaryo viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri lavozimiga ochiq tanlovning suhbat bosqichi o‘tkazildi. 

4-noyabr 
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorat boʻlimi bosh mutaxasissi lavozimiga nomzodni tanlash boʻyicha ochiq tanlov tashkil etildi.

Seminar, oʻquv mashgʻulotlari va boshqa tadbirlar:

31-oktabr 
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK xodimlari uchun "Ishbilarmonlik, mehmondorchilikni belgilari. Sovgʻalar berish/olishdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar" mavzusida seminar tashkil etildi. 

2-noyabr 
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun seminarlarda Agentlik rahbariyati ma’ruza bilan ishtirok etdi.

2-noyabr 
Hududiy kengashlar a’zolari uchun jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik eshituvini samarali tashkil etish mavzusida onlayn seminar oʻtkazildi.

3-noyabr 
"Istiqbolli avlod" NNT Sirdaryo viloyat bo‘linmasining "Korrupsiyaga qarshi" o‘quv maktabi loyihasi taqdimoti bo'lib o'tdi. 
 
4-noyabr
Davlat boshqaruv akademiyasida Istiqbolli zaxiradagi kadrlar uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.   

 5-noyabr 
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni xodimlari uchun tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari” mavzusidagi oʻquv seminarida Agentlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

3-noyabr
Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo'yicha komissiyasi (ACRC)  vakillari bilan onlayn uchrashuvda korrupsiya to'g'risida xabar berish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

4-noyabr
 Fransiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan onlayn uchrashuvda ikki taraflama hamkorlik yo'nalishlari xususida oʻzaro fikr almashildi.

4-noyabr
Agentlik delegatsiyasining Latviyaga tashrifi  amalga oshirildi. Tashrif davomida Latviya Korrupsiyaning oldini olish va qarshi kurashish byurosi (KNAB) hamda "Transparency International" tashkilotining Latviyadagi filiali vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 33 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 197 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
(24—29-oktabr kunlari)

Xalqaro reytingda Oʻzbekiston koʻrsatkichlari: 

"World justice project" xalqaro tashkiloti Huquq ustuvorligi indeksining 2022-yilgi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston  7 pogʻona  yuqoriladi.

Qonunchilikdagi yangiliklar:

25-oktabr 
 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi  va Senatga yuborildi. 

Oʻrganishlar:

Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida vazirlik-idoralarga 1 ta taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga 1 ta so‘rovnoma yuborildi.

Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Xorazm viloyatlarida mahalliy hokimliklar va davlat boshqaruv organlarining hududiy boshqarma, boʻlimlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari lozim darajada tashkil etilmaganligi hamda qator qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi holatlari yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy komissiyalariga 5 ta taqdimnoma kiritildi.

Piskent tumani hokimi 1 trillion soʻmga yer ijaraga olganligi bilan bogʻliq holat boʻyicha Toshkent viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

Ochiq tanlov, seminar-trening, taqdimot va boshqa tadbirlar:

26-oktabr
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “Davlat geologiya axborot markazi” davlat korxonasining Ichki nazorat boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimiga munosib nomzod tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi. 

25-oktabr 
“Inson huquqi madaniyat markazi” (NNT)ning “Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazorati va unda matbuotning oʻrni” nomli loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. 

26-oktabr 
Hududiy kengashlar a'zolari uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha onlayn seminar  (https://anticorruption.uz/uz/item/2022/10/26/korrupsiyaviy-xavf-xatarlarni-baholash-masalalari-yuzasidan-seminar-bolib-otdi) oʻtkazildi.

27-oktabr 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, mas’ul xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. 
 
Xalqaro hamkorlik doirasida:

 24-27-oktabr 
Agentlik vakillari Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Yaponiyaning boshqaruv tizimida va boshqa turli sohalarda korrupsiyaning oldini olishda ilgʻor tajribasi bilan tanishdi (https://bit.ly/3NlTXmU).   

 26-28-oktabr
Yevropa Kengashining Konvensiyalari boʻyicha seminarida  (Strassburg,Fransiya) Agentlik mas’ul xodimi ishtirok  etdi.

27-28-oktabr 
"Yevropa va Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni yaxshilash orqali aktivlarni qaytarish” mavzusidagi seminarda         (Qozogʻiston) Agentlik vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlik direktorining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.

Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati samaradorligini reyting  baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhini shakllantirish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 40 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 135 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
(17–21-oktabr kunlari)

 Seminar-trening va boshqa tadbirlar:

17-oktabr 
“Ziyonur” NNT  “Korrupsiya –taraqqiyot zavoli” va "Chehra" NNTning “Farg‘ona viloyatida boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya” nomli loyihalari taqdimoti bo'lib o'tdi.

19-oktabr
Hududiy kengashlar a'zolari uchun belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash,  qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunini yetkazish bo‘yicha seminar  tashkil etildi.

20-oktabr 
Farg‘ona viloyati hokimligida davlat organlari va tashkilotlar faoliyatining ochiqligiga oid qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan Agentlik rahbariyati ishtirokida jamoatchilik eshituvi tashkil etildi. 

21-oktabr
  Agentlik direktori o'rinbosari Davlat boshqaruvi akademiyasida milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

22-oktabr
2030-yilda gender tengligiga erishish strategiyasini amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan davra suhbatida  (https://dba.uz/news/davra-suxbati22/)Agentlik rahbariyati  ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

18-oktabr
Agentlik rahbariyati, Mintaqaviy muloqot NNT va AQSH Xalqaro narkotik va huquqni muhofaza qilish byurosi (INL)  vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv  bo'lib o‘tdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida vazirlik idoralarga 2 ta taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga 3 ta so‘rovnoma yuborildi.

Bank tizimi tashkilotlarida imtiyozli kreditlarning ajratilishida aniqlangan korrupsiyaviy holatlar tahlil qilindi.

 Davlat xaridlari sohasida budjet buyurtmachilarining maxsus axborot portallari orqali amalga oshirayotgan davlat xaridlariga oid e’lonlari monitoring tartibida o‘rganish natijalari e'lon qilindi 

Farg'ona va Namangan viloyatlarida quyidagi sohalarda o'rganishlar o'tkazildi:

 Davlat buyurtmachilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinishi;

 Banklar tomonidan “Har bir oila tadbirkor dasturi” doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanilganligi;

Bandlik bosh boshqarmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi;

Viloyat hokimligi hamda tuman va shahar hokimliklarida ochiqlikni ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi o'rganildi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 37 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 141 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
(10–14-oktabr kunlari)

 Seminar-trening va boshqa tadbirlar:

13- oktabr
“O‘zkimyosanoat” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ochiq tanlov o'tkazildi.

14- oktabr 
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan faoliyat, korrupsiya uchun javobgarlik, “E-Anticor.uz” elektron platformasi” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

14-oktabr
Agentlik hamda Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari o'rtasida onlayn uchrashuvda sohada IT texnologiyalarni qo'llashda tajriba almashildi. 

14-oktabr
MDH Davlat rahbarlari kengashi doirasida bo‘lib o‘tgan sammit doirasida MDH davlatlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishda  hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Bitim imzolandi.

korruptsiyaga-qarshi-kurashish-sohasida-khalqaro-hamkorlikning-yangi-bosqichi-boshlanadi
Shuningdek, mazkur haftada:

Davlat xaridlari va boshqa sohada o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida vazirlik idoralarga 2 ta taqdimnoma hamda Bosh prokuraturaga 5 ta so‘rovnoma yuborildi.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan xaridlarni nazorat qilish maqsadida xarid komissiyalari majlislari o'tkazildi.

 Xorazm viloyatida quyidagi sohalarda o'rganishlar o'tkazildi:

 Davlat buyurtmachilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinishi;

 Banklar tomonidan “Har bir oila tadbirkor dasturi” doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanilganligi;

Bandlik bosh boshqarmalari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirilishi;

Viloyat hokimligi hamda ushbu viloyatdagi tuman va shahar hokimliklarida ochiqlikni ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlarining ijrosi o'rganildi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 32 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 201 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
(3–7-oktabr kunlari)

Seminar-trening va o'quv mashg'ulotlari

3 - oktabr
“O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatida  “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida seminar-trening;.

6 - oktabr
Bojxona institutida “Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida o‘quv mashg‘uloti; 

7- oktabr
“Uzinfocom” MCHJ xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi o‘quv-seminari tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda Madaniyat vazirliklariga ochiqlikni ta’minlash sohasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan talablarning kelgusida buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirish xatlari yuborildi. 

Murojaatga asosan Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari  o‘rganildi (https://t.me/antikor_uzb/1734).

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 62 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 140 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
 (26–30-sentabr kunlari)

 Agentlik bilan kelishilgan holda:

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i;
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Ichki audit xizmati komplayens-nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi;
- Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi; 
- Mikrokreditbank” ATB Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti rahbari; 
- Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari; 
- Jizzax viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ichki nazorat sho’basi rahbari kabilar lavozimga tayinlandi.

 Seminar-trening va o'quv mashg'ulotlari

28-sentabr 
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari uchun "Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyotini amalda qo‘llash tartibi" mavzusida;

29-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati” mavzusida; 

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida “Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK faoliyatida “Komplayens-nazorat” tuzilmalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida “Tashkilotda komplayens-nazorat tizimini joriy etilishi: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishni tartibga solish” mavzusida;

30 sentabr
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi apparati hamda hududlarda joylashgan chegara, TIF bojxona postlari xodimlari uchun “Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida seminar-trening hamda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

27-sentabr
 “O‘zbekistonda biznes barqarorligini rivojlantirish: Barqaror rivojlanish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv qiymatini biznesga taqdim etish” forumida Agentlik rahbariyati ishtirok etdi .

Shuningdek, mazkur haftada:

 Agentlik direktorining navbatdagi shaxsiy qabuli bo'lib o'tdi. 

 Bojxona qo'mitasi tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi. 

“Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi hamda ushbu nizomni tasdiqlash haqidagi qarori ishlab chiqilib tasdiqlandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb qilish” mavzusida tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

"Yuksalish" UMH va boshqa tashkilotlar tomonidan "Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligining huquqiy mexanizmlari" mavzusida davra suhbatida Agentlik vakili ishtirok etdi.

 Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 62 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 131 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
 (19–24-sentabr kunlari)

Oʻrganishlar:

Davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga 7 ta taqdimnoma hamda qonun buzilish holatlari boʻyicha Bosh prokuraturaga 10 ta hujjat huquqiy baho berish uchun yuborildi. 

Eshituv, seminar va boshqa tadbirlar:

22-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining soliq idoralari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar holatiga bagʻishlangan eshituvida Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.

22-sentabr
 “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

24-sentabr
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi apparati hamda hududlarda joylashgan chegara, TIF bojxona postlari xodimlari uchun “Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida sayyor oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

20-sentabr
Agentlik vakillarining Jahon Banki ekspertlari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

21-sentabr 
 Agentlik rahbariyati hamda BMT GJBning Venadagi vakili GRACE dasturi boshqaruvchisi Lulua Assad o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

22-sentabr
Agentlik direktorining Yaponiya Adliya vazirligi departament direktori Naito Sintaro rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

23-sentabr 
“II Toshkent xalqaro aksilkorrupsiya forumi” oʻtkazildi (https://bit.ly/3LHBpwo).

Shuningdek, mazkur haftada:

Davlat xaridlari sohasida 2022-yilning avgust oyida oʻtkazilgan monitoring va tahlil natijalari eʼlon qilindi.

Ochiqlikka oid qonunchilik talablarining davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ijro etilishida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida 31 ta idora va vazirlikka ogohlantirish xati yuborildi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 25 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan163 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti
 (12–16-sentabr kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari boʻyicha oʻtkazilgan monitoring natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga 5 ta taqdimnoma hamda qonun buzilish holatlari boʻyicha Bosh prokuraturaga 8 ta hujjatlar huquqiy baho berish uchun yuborilgan.

Ochiq tanlov, seminar  va boshqa tadbirlar:

13-sentabr
“Korrupsiyaning oldini olishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki” mavzusidagi loyihalar taqdimoti  (https://bit.ly/3Lt1388)oʻtkazildi.

14-sentabr 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni tanlash boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

14-sentabr
“Oʻzbekistonda korrupsiya xavfi va nohalollikni baholash” mavzusida davra suhbati  (https://bit.ly/3DuohZx)oʻtkazildi

15-16-sentabr 
 “Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida (Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida)  sayyor oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

13-16 sentabr
Agentlik direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi (https://bit.ly/3dgpCbO) amalga oshirildi.

15-sentabr 
AQSHning Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni muhofaza qilish ishlari byurosi Davlat kotibi yordamchisi oʻrinbosari Liza A.Djonson bilan Agentlik rahbariyatining uchrashuvi  boʻlib oʻtdi.

15-sentabr 
AQSH davlat departamenti (INL)ning Odam savdosiga qarshi kurashish byurosi tomonidan tashkil etilgan “Jinoiy chorrahalar: korrupsiya odam savdosi jinoyatini qanday kengaytiradi?” mavzusidagi onlayn seminarda ishtirok etildi.

16-sentabr 
Agentlikning xalqaro hamkorlik tarmogʻi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti  (Sloveniya)  vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

XXR raisining Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida Agentlik va Xitoy Xalq Respublikasi Nazorat boʻyicha Milliy Komissiya oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum loyihasi  imzolandi.

Shuningdek, mazkur haftada:

 Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 44 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 258 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (29 – 31-avgust va 5–9-sentabr kunlari)

O‘rganishlar:

Davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga tender va tanlovlarni bekor qilish yuzasidan 13 ta taqdimnoma kiritilib, toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Ochiq tanlov, seminar  va boshqa tadbirlar:

30-avgust 
 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimiga ochiq tanlov tashkil etildi.

6-sentabr
Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun tashkil etilgan grant tanlovlari natijalari eʼlon qilindi.

6-sentabr
 “Oʻzsanoatqurilishbank” xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo'yicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.

7-sentabr
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzgidrometrologiya” xizmati markazida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining samaradorligi oʻrganildi.

8-sentabr 
Unicon.uz” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

9-sentabr
Hududiy davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

30-avgust
Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

5-8-sentabr  
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (UNCAC) Konferensiyasida  (Vena, Avstriya)  Agentlik direktorining o'rinbosari U.Tuxtasheva ma'ruza bilan ishtirok etdi.

6-sentabr 
Agentlik hamda IHTT vakillari bilan onlayn uchrashuvi  tashkil etilib, hamkorlik loyihasining 2-bosqichi muhokama etildi.

7-sentabr
 Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasining xalqaro ekspertlari (E.Shlappi, D.Kurolova)  bilan uchrashuv tashkil (https://bit.ly/3U1rSns) etildi.

8-9-sentabr 
 30-Iqtisodiy va ekologik forumining  yakuniy yigʻilishida  (Praga, Chexiya) Agentlik vakili ishtiroki etdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 64 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 237 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (22-27 avgust kunlari)

Seminar, davra suhbati, yigʻilish va boshqa tadbirlar:

22-avgust 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-122-son Farmoni ijrosi doirasida Bojxona institutida “Toshkent-tovar”, “Chuqursoy”, “Ark buloq”, “Sirgʻali” TIF hamda “Chuqursoy texnik idora” va “Keles” temir yoʻl chegara bojxona postlari xodimlari ishtirokida oʻquv-seminar mashgʻulotlari tashkil etildi.

24-avgust 
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanalida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor yoʻnalishlari, korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik masalalari” mavzusida ovozli chat ) oʻtkazildi.

23—25 avgust 
Hududiy kengashlar aʼzolari ishtirokida sohalar, hududlar va davlat idoralari kesimida korrupsiya darajasini reyting baholash tizimi va davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash mavzularida onlayn seminarlar tashkil etildi.

25-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

25-avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda sogʻliqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishchi guruhning dastlabki yigʻilishi  (https://bit.ly/3Knq8kd)boʻlib oʻtdi.

25-26 avgust
Qashqadaryo, Andijon, Buxoro,Toshkent viloyatlari  va Toshkent shahar  korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarida kengash aʼzolari, soha va tarmoq rahbarlari tomonidan 2022-yil II yarim yillikda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha  ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasi taqdimoti tashkil etildi.

26 avgust 
Agentlik direktori fuqarolarni qabul qildi.

27 avgust 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashining ta’sis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur haftada:

2022-yil iyul oyida davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari maxsus axborot portali orqali amalga oshirgan xaridlari oid  tahlil natijalari eʼlon qilindi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 52 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 169 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (15-19 avgust kunlari)

Seminar-trening, ochiq tanlov, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

15-avgust

“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” DUK xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

17-18-avgust

“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyoti” mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

18-avgust

Toshkent moliya instituti xuzuridagi Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash tarmoqlararo institutida bank xodimlarini korrupsiyaga qarshi bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha seminar-trening tashkil etildi.

18-avgust

“Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi” doirasida boʻlib oʻtgan “Davlat boshqaruv organlari faoliyati va ularning iqtisodiyotga aralashuvi, korrupsiya hamda byurokratik toʻsiqlar” masalalari yuzasidan panel sessiyasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ishtirok etdi.

19-avgust

“Navoiyuran” DUK Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Tafsilot_kun mavzusi" koʻrsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 47 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 239 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (8-12 - avgust kunlari)

Оchiq tanlov, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

10 - avgust 
Navoiy viloyati hokimligining ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi holati o‘rganildi.

11 - avgust 
Maktabgacha ta’lim vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati rahbari lavozimiga ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq tanlov oʻtkazildi.  

11 - avgust 
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

12 - avgust 
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan suhbat o‘tkazilayotgan bino va maydonlarda o‘rganishlar olib borildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

Korrupsiyaga qarshi kurashishda NNTlar faolligini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha 18 ta NNT vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur haftada: 

“Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi orqali reyting baholashdan o‘tish bo‘yicha tavsiyalar” qo‘llanmasi ishlab chiqildi.

Hududlarda ijtimoiy va kriminogen vaziyat barqarorligini hamda jamoat havfsizligini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida o‘rganish o‘tkazildi. 

Xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar kengashlari sessiyalarining jonli efirga uzatilishi monitoring tartibida o‘rganib chiqildi.

 Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 35ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 199 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (1-5-avgust kunlari)

Qoʻshma bayonot, davra suhbati, trening: 

1-avgust
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qoʻshma bayonoti imzolandi.

2-avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Sudyalar oliy kengashi hamkorligida “Sudyalar korpusini shakllantirishda korrupsiyaning oldini olish masalalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

2-avgust
Agentlik direktori OʻzJOKUda boʻlib oʻtayotgan ijodiy imtihonlarning shaffofligi qay darajada taʼminlanayotgani bilan tanishdi.

2-avgust
“Korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini yoritish boʻyicha jurnalist, bloger, NNT faollarining salohiyatini oshirish” mavzusida trening boʻlib oʻtdi.

3-avgust
Agentlik direktori oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri bilan birgalikda ijodiy imtihonlarning ochiqligi va shaffofligini nazorat qildi.

4-avgust
Agentlik hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “Komplayens nazorat” va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi masʼul xodimlari Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ijodiy imtihonlar oʻtkazilayotgan bino va maydonlarida oʻrganishlar olib bordi.

4-avgust
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza boʻyicha axboroti eshitildi.

5-avgust
Sirdaryo viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 29 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan  110 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.    

“Tafsilot – kun mavzusi” nomli yangi koʻrsatuvning ilk soni “Toshkent telekanali” orqali efirga uzatildi.  

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (25-29- iyul kunlari)

Brifing, ochiq tanlov, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

27-29-iyul 
Transport vazirligi huzuridagi fuqaro aviatsiyasi agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassis hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.  

26-iyul
Toshkent stomatologiya institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

26-27-iyul 
Navoiy hamda Samaqrand viloyatlaridagi bojxona postlarida  “Bojxona organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, odob-axloq qoidalari” mavzusida sayyor oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

29-iyul
Toshkent viloyatida tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida bank tizimidagi mavjud muammolar va korrupsiyaning oldini olish masalalari boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazildi.

29-iyul
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2022-yil I yarim yillikda kelib tushgan murojaatlar va davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablariga rioya qilinishiga oid oʻtkazilgan oʻrganishlar yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

25-26-iyul 
IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo uchun Korrupsiyaga qarshi kurash tarmogʻi tomonidan “Yuqori darajadagi korrupsiya toʻgʻrisida ACN matritsasi” mavzusida trening tashkil etildi.

26-iyul 
Agentlik direktori hamda Yaponiyaning Nagoya universiteti Prezidenti Naoshi Sugiyama hamda Tokay Milliy Oliy ta’lim va tadqiqot muassasalari tarmogʻi rahbari Seyichi Matsuo  oʻrtasida uch tomonlama onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlik direktorining navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o'qishda qabul qilindi.

"Stop korrupsiya" teleloyihasining ilk soni (https://www.youtube.com/watch? tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi. 

 Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 32ta murojaat, tashkilot va muassasalardan  173 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik daydjesti (15 -22-iyul kunlari)

Komissiya majlisi, davra suhbati va ochiq tanlov: 

19-iyul
"Adolat" milliy huquqiy axborot markazida korrupsiyaga qarshi kurashish va qonunchilik mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 

21-iyul 
 Ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining birinchi majlisi oʻtkazildi.  

22-iyul 
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasining Kadrlar ishlari va komplayens nazorati boʻyicha bosh inspektorini ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi. 

Xalqaro hamkorlikka oid:  

21-iyul
Agentlik hamda BMT TD vakillari oʻrtasida tashkil etilgan ishchi uchrashuvda  fuqarolik jamiyati institutlarini korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoniga jalb etish boʻyicha tanlovga kelib tushgan arizalarni baholash boʻyicha ishlar amalga oshirildi. 

Shuningdek, mazkur haftada:

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiqlikka oid mavjud qonunchilik hujjatlarining talablariga rioya etilayotganligi 2022-yilning  I yarim yilligi yakuni holatiga koʻra masofaviy monitoring tartibida oʻrganib chiqildi.

“Yangi Oʻzbekiston” gazetasida Agentlik direktori A.Burxanovning davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish natijalariga bagʻishlangan maqolasi chop etildi.  

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 52 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 98 ta xat va hujjatlar kelib tushdi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (12-16-iyul kunlari)

Oʻrganish va reyting baholash natijalari:

Agentlik oʻrganishlari asosida Oʻzbekiston Karate milliy federatsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

15-iyul 
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi natijalari eʼlon qilindi.

16-iyul 
Agentlik va “Oʻzagrosugʻurta” AJ oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

12-14-iyul
Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari boʻyicha komissiyasi tomonidan davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi oʻquv kurslari tashkil etildi. 

13-iyul
Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan "Rivojlanayotgan davlatlarda iqtisodiyot sohasida korrupsiyaning oldini olish va jazolash" mavzusida oʻtkazilgan seminar yakunlandi.

13-16-iyul 
“Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashishda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish va faolligini oshirish” mavzusida trening oʻtkazildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlik  hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB  hamkorligida ipoteka krediti ajratishdagi korrupsion holatlar haqida tayyorlangan videorolik keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi.

 Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 29 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan  110 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (4-8-iyul kunlari)

Yigʻilish, ochiq tanlov: 

5-iyul 
Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza dastlabki tarzda muhokama qilindi

4-7-iyul 
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi hamda “Turonbank ATB va “Oʻzaviatsiya” agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimlariga ochiq tanlov oʻtkazildi

Oʻrganishlar:  

Uychi tuman hokimligi tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridi bekor qilindi

“Maʼrifat markazi” binosidan foydalanish boʻyicha ixtisoslashtirilgan direksiyasi buyurtmachiligida oʻtkazilgan davlat xaridi oʻrganilib, bekor qilindi

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

1-6-iyul 
Oʻzbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Shveysariyaning sohadagi vakolatli organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

 Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 48 ta murojaat, tashkilot va muassasalarning 277 ta xat-hujjat kelib tushdi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (27-iyun — 1-iyul kunlari)

Davra suhbati, seminar, ochiq tanlov: 

27-iyun
 
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati   oʻtkazildi.

27-iyun — 1-iyul 
Andijon, Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida hokim yordamchilarida halollik va korrupsiyaga toqatsiz munosabatni kuchaytirish boʻyicha maxsus seminar mashgʻulotlari tashkil etildi.

27-28-iyun
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK  hamda “Sanoatqurilishbank” ATBning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

28-iyun 
Agentlik tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda “Yoshlar halolligi kuni”  tadbiri tashkil etildi.

1-iyul
 “Korrupsiyaga oid faoliyatda statistik va tahliliy maʼlumotlarni shakllantirishdagi muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻtkazildi. 

1-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Shveysariyaga amaliy tashrifi boshlandi.

Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 43 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 234 ta xat-hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (20 -24-iyun kunlari)

Brifing, seminar, uchrashuvlar:

20-iyun
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan oʻtkazilgan pora olish bilan bogʻliq jinoyatlar tahlili yuzasidan brifing oʻtkazildi.

20-24-iyun
Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida hokim yordamchilarida halollik va korrupsiyaga toqatsiz munosabatni kuchaytirish boʻyicha maxsus seminar mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.

20-24-iyun 
Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari bojxona boshqarmalarida boshqarma apparati va bojxona postlari xodimlari uchun “Korrupsiyaning bojxona xodimlari uchun salbiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

21-iyun 
Agentlik  direktori A.Burxanov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMT TD)ning Yevropa va MDH boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori oʻrinbosari Marina Uolter bilan uchrashdi. 

22-iyun 
Agentlik direktori va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning Iqtisodiy hamkorlik va boshqaruv boʻyicha maslahatchisi Eni Gyerdji oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

22-24-iyun
“Ochiq maʼlumotlar ekotizimini rivojlantirish, ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik madaniyatini oshirish” mavzusida trening oʻtkazildi.  
 
23-iyun 

Agentlik  vakillari va “Bikal” axborot texnologiyalari kompaniyasi Kuzatuv kengashi, Britaniya parlamenti Lordlar palatasi aʼzosi Aleksandr Karlayl oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur haftada: 

Fargʻona viloyatida hokimliklar, mahalliy davlat boshqaruvi idoralari faoliyatining ochiqligi darajasini aniqlash boʻyicha jamoatchilik fikri soʻrovi  oʻtkazildi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 31 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 129 ta xat-hujjat kelib tushdi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti (13 -17-iyun kunlari)

Qonunchilikdagi  yangiliklar:

“Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni  qabul qilindi

“Manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga koʻrib chiqish uchun kiritildi

Eshituv va boshqa tadbirlar:

14-iyun 
Korrupsiyaga qarshi kurashish Toshkent shahar hududiy kengashining yigʻilishida bank sohasida sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar tahlil qilindi.  

15-iyun 
Xalqaro press-klubning “Bojxona maʼmuriyatchiligi islohotlari: raqamli transformatsiya, zamonaviy infratuzilma va korrupsiyaga qarshi tizim” mavzuyidagi sayyor sessiyasi tashkil qilindi.

16-iyun 
Davlat soliq qoʻmitasida “Har bir xodim “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida faoliyat yuritishi lozim” mavzusida yigʻilish  oʻtkazildi. 

Xalqaro hamkorlik doirasida:

15-iyun 
Agentlik direktori va BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori R.Astxana bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

14-iyun 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (BMT GJB)ning Markaziy Osiyo boʻyicha Mintaqaviy idorasi aksilkorrupsiya boʻyicha ekspertlari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur haftada: 

Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish sohasida grant takliflari uchun tanlov eʼlon qilindi.

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 55 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 125 ta xat va hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(6 -11-iyun kunlari)

Oʻrganishlar: 

Bugun.uz” saytida “Angor tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi 1,3 mlrd soʻmlik loyihani korxonaga tendersiz topshirdi” nomi ostida eʼlon qilingan xabarda qayd etilgan davlat xaridi oʻrganib chiqilganda sohaga oid  qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanib, oʻrganish jarayonida toʻplangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining yigʻilishlari:

7-iyun
Korrupsiyaga qarshi kurashish Buxoro viloyat hududiy kengashining navbatdagi yigʻilishida maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya va uning oldini olish masalalari muhokama etildi.

8-iyun 
Korrupsiyaga qarshi kurashish Navoiy viloyat hududiy kengashining navbatdagi yigʻilishida  viloyat gaz taʼminoti tizimida uchrayotgan korrupsion holatlar, shuningdek, tizimda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar tahlil qilindi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

6-9-iyun
Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi koʻmagida "Yuqori darajadagi mansabdor shaxslarda halollik standartlarini shakllantirish" mavzusida oʻquv kurslari tashkil etildi.

6-iyun 
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori hamda Jahon bankining Oʻzbekistonda boʻlib turgan missiyasi ekspertlari oʻrtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda institutsional salohiyatni kuchaytirish” loyihasi yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi.

8-iyun 
Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

9-iyun 
Agentlik direktori va Jahon banki ekspertlari bilan boʻlib oʻtgan onlayn uchrashuvda hamkorlikning aniq yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Muhokama, maʼrifat soati: 

10-iyun
Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

11-iyun 
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 53 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 103 ta xat va hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(30-may-3-iyun kunlari)

Eshituv, davra suhbati va boshqa tadbirlar: 

30-31-may 
Barcha vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining korrupsiyaga qarshi ichki (komplaens) nazorat tuzilmalari rahbar va xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida
seminar-trening mashgʻulotlari tashkil etildi.

30-may 
Korrupsiyaga qarshi kurashish Qashqadaryo viloyat hududiy kengashining eshituvi tashkil etildi.

30-may
Soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgan subyektlar hamda ular tomonidan toʻlangan soliqlar miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlil qilindi. 

31-may 
Davlat oliy taʼlim muassasalarining daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlil qilindi.

2-iyun
Davlat bojxona qoʻmitasida “Bojxona organlarida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish” mavzusida seminar  oʻtkazildi.

2-iyun
Korrupsiyaga qarshi kurashish Surxondaryo viloyat hududiy kengashining eshituvi tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

 31-may
Jahon banki vakillari bilan “Maʼlumotlar tahlili: davlat xaridlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi. 

 1-iyun
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori hamda Jahon banki eksperti Laura Pop oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 26 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 75 ta xat va hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(21-27-may kunlari)

Oʻrganishlar:

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlari talablariga rioya qilinganligi holatlari yuzasidan oliy va oʻrta maxsus, xalq, maktabgacha taʼlim tizimida oʻquvchi-yoshlarni issiq ovqat bilan taʼminlash yoʻnalishidagi autsorsing xizmatlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida oldini olish yuzasidan tegishli choralar koʻrish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim vazirliklariga taqdimnoma kiritildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar eshituvi: 

23-may 
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Xorazm viloyat kengashida viloyatda byudjet mablagʻlaridan noqonuniy foydalanish holatlari va ularning oldini olish masalalariga oid eshituv oʻtkazildi.  

24-may
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy Kengash yigʻilishida hokim oʻrinbosarlari faoliyatidagi korrupsiya holatlari tahlil qilindi.

26-may 
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Andijon viloyat kengashining eshituvida viloyatda xalq taʼlimi tizimidagi korrupsion jinoyatlar muhokama etildi.

27-may
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Fargʻona viloyat kengashining eshituvida viloyat xalq taʼlimi tizimidagi korrupsion holatlar eʼtibor markazida boʻldi. 
 
27-may 
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Namangan viloyat kengashida viloyatda maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsion jinoyatlar tahliliga bagʻishlangan eshituv oʻtkazildi.  

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

23-27-may
Agentlik delegatsiyasining Latviya Respublikasiga xizmat safari tashkil etildi. 

24-25-may
“Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etildi.

26-may
Agentlik direktori hamda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki delegatsiyasi vakili Jonatan Aves oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

26-may
Agentlik direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro maslahatchisi Suma Chakrabarti jamoasi vakili Mari-Anna Birken bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. 

Shuningdek, mazkur haftada:

27-may
Agentlik direktori huzurida fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.

27-may
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” boʻlimi boshligʻi lavozimiga ochiq tanlov oʻtkazildi. 

27-may 
Qishloq xoʻjaligi vazirligida “Davlat xizmatida halollik vaksinasi va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish” mavzusida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Davlat organlarida manfaatlar toʻqnashuvi oldini olishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida oʻquv-trening mashgʻulotlari tashkil etildi. 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 54 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 213 ta xat-hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(16-20-may kunlari)

Oʻrganishlar:

Buxoro shahar Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan yoʻllangan murojaat Sogʻliqni saqlash vazirligi Komplayens xizmati bilan hamkorlikda oʻrganilib, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga taqdim qilindi.

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hamda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari, shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiq amalga oshirilayotganligini mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib oʻrganilishini taʼminlash va maʼlumotni taqdim etilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga soʻrovnoma yuborildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

15-20-may 
Agentlik delegatsiyasining Gruziya Respublikasiga xizmat safari amalga oshirildi va aksilkorrupsiya siyosati doirasida olib borilayotgan faoliyati bilan tanishildi.  

18-20-may
Samarqand shahrida BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlikda "Investitsion faoliyatda korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish" mavzusidagi birinchi mintaqaviy seminar oʻtkazildi. 

18-may
Agentlik va Fransiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining xalqaro hamkorlik uchun masʼul xodimlari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Eshituv, davra suhbati va boshqa tadbirlar: 

17-may 
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish zamon talabi” mavzusiga, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida  esa oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.

17-may 
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyatning muhim vazifasi” mavzusida onlayn seminar boʻlib oʻtdi. 

19-may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-122-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Jizzax va Sirdaryo viloyatlari bojxona xodimlari hamda tinglovchilar uchun maxsus oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

19-may  
Samarqand viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashi yigʻilishi tashkil etilib, viloyatda soliq tizimidagi korrupsion holatlar va ularning oldini olish masalalari muhokama etildi. 

20-may
Jizzax viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashi yigʻilishida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. 

Oʻzaro hamkorlik:

Agentlik va “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolandi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida “Korrupsiyasiz hudud” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. 

Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 45 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 127 ta xat va hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(10-14-may kunlari)

Qonunchilikdagi yangiliklar:

10-may
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz ga davlat idoralarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish mexanizmlarini aniq belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

11-may
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-240-son qarori qabul qilindi.

Oʻrganishlar: 

▪️“Intermed innovatsion” MCHJ murojaati asosida Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining mansabdor shaxslar faoliyati hamda uning tizimidagi oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarda pulli laboratoriya xizmatlarini tashkil etilish holatlari oʻrganilib, boshqarmaning mansabdor shaxslari faoliyatida yoʻl qoʻyilgan manfaatlar toʻqnashuvi holatlarini bartaraf etish yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritildi va toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
 
▪️Davlat organlari va tashkilotlari, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Ochiqlikka oid mavjud qonuniy talablar ijrosini bajarish holati masofaviy monitoring tartibida oʻrganib chiqildi va aniqlangan qonunbuzilishi holati boʻyicha 8 ta mahalliy davlat hokimiyati organlariga ogohlantirish xati yuborildi.

▪️Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmoni talablarini sifatli ijro etish (talab etilgan maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytida belgilangan muddatlarda, toʻliq joylashtirish) boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

12-may
Malayziya delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Agentlik va Malayziya korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi oʻrtasida memorandum imzolandi.

 Eshituv, matbuot anjumani va boshqa tadbirlar: 

11-13-may 
Toshkent hamda Sirdaryo viloyatlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha hududiy kengashlar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi. 

13  may
Savdo sanoat palatasida “Oʻzbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish” Xartiyasi va “Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi aʼzoligiga qoʻshilish va yagona Reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan komissiya yigʻilishi oʻtkazildi hamda 31 nafar tadbirkorlik subyektlari Xartiyaga aʼzo sifatida kiritildi. 

Shuningdek, mazkur hafta mobaynida:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 30 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 85 ta xat-hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(5-7-may kunlari)

Oʻrganishlar:

Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining mansabdor shaxslari faoliyati hamda tizimdagi oilaviy va koʻp tarmoqli poliklinikalarda pullik laboratoriya xizmatlarini tashkil etilish holatlari oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritildi va toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
  
Fargʻona shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridlarini oʻrganish mobaynida davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanib, qonunbuzilishlarni bartaraf qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi hamda toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Andijon viloyati maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridlari oʻrganilib, buyurtmachi tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilganligi aniqlandi va mazkur holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi  PF-6247-son Farmon talablarining ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi faoliyati ochiqligi holati boʻyicha masofaviy monitoring oʻtkazildi.  

Shuningdek, mazkur haftada: 

6-may
BMT Taraqqiyot dasturining Singapurdagi Global dasturi va Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ekspertlari koʻmagida Agentlik rahbariyati hamda Gonkong Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mustaqil komissiyasi vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. 

7-may
"III Xalqaro reytinglar forumi 2022"ning "Huquq ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurashish" mavzusiga bagʻishlangan sessiyasida Agentlik direktori oʻrinbosari U.Tuxtasheva maʼruza bilan ishtirok etdi. 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 29 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 77 ta xat-hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(25-30-aprel kunlari)

Oʻrganishlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81-son qaroriga asosan “E-anticor.uz” platformasiga tegishli maʼlumotlar kiritilmaganligi tufayli faoliyati “qoniqarsiz” baholangan Xalq taʼlimi vazirligi hamda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligiga masʼul xodimlarning javobgarligi masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritildi. 

Toshkent viloyatidagi “Kultepa”, Buxoro viloyatidagi “Vardonze yodgorligi” va Toshkent shahridagi “Quloqtepa (Quloqlitepa)” arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza qilinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi holatlarini oʻrganish natijalari yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligiga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, unga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar, mablagʻlardan foydalanish va davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi ahvolini oʻrganish natijalari boʻyicha Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.  

Andijon viloyati maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridlarida buyurtmachi  davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlandi va viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi  aniqlanib, buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda toʻplangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga soʻrov yuborildi.

“Aloqabank” ATB tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridlari oʻrganilganda buyurtmachi tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlanib, buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi hamda toʻplangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga soʻrov yuborildi.

Sogʻliqni saqlash, Oliy taʼlim, Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim vazirliklari tizimidagi byudjet buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portalida joylashtirilgan autsorsing xizmatlarini tashkil etishga oid eʼlonlarning “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqligi oʻrganildi.

Toshkent viloyati Maktabgacha taʼlim boshqarmasi buyurtmachiligida oʻtkazilgan xarid boʻyicha aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi, shuningdek, xarid komissiyasi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlar yuzasidan ularning javobgarlik masalasini hal etish uchun Bosh prokuraturaga soʻrov yuborildi.

“Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining PF-6247-son Farmoni talablarining ijrosi yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Kinematografiya agentligining faoliyati ochiqligi holati boʻyicha masofaviy monitoring oʻtkazildi. 

20-27-aprel kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori  boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi AQShga tashrif buyurdi.

26-aprel 
Agentlik va Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkillashtirildi.

26-aprel
Agentlik va Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan korrupsiya qarshi kurashish sohasidagi islohotlarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

27-aprel
Jahon banki eksperti D.Kotlyar ishtirokida “Davlat sektorida shaffoflikni taʼminlashda raqamli vositalar” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.

Seminar, brifing va boshqa tadbirlar:

27-28-aprel
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyaning yangi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha muhokamalar boʻlib oʻtdi.

26-aprel
Korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida Agentlik tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan brifing oʻtkazildi.

26-aprel 
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi hamda bosh mutaxassisi vakant lavozimlariga  ochiq tanlov oʻtkazildi.

28-aprel
Iqtisodiy erkinlik indeksining 2022-yilgi hisoboti boʻyicha Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrni va unga taʼsir koʻrsatuvchi  indikatorlardagi oʻzgarishlar yuzasidan onlayn oʻquv seminari  tashkil etildi. 

28-29-aprel 
Andijon va Namangan viloyatlarida ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosi holati tahlil qilindi.

29-aprel 
Fuqarolar Agentlik direktori qabulida boʻldi.

30-aprel
Davlat boshqaruv organlarida korrupsion sxemalarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

 Shuningdek, mazkur haftada:

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 54 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 220 ta xat-hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti

(18-22-aprel kunlari)

Oʻrganishlar:

“Ipoteka-bank” ATBda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyati boʻyicha oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
  
“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan ajratilgan kreditlar, “Yosh tadbirkor” kvorking markazlari, “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarida qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha Toshkent viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-54-son Qarori ijrosi hamda “Har bir oila tadbirkor” dasturiga asosan kreditlarning ajratilish holati yuzasidan Qashqadaryo viloyatida oʻrganish oʻtkazilib, aniqlangan qonunbuzilishlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga qonuniy chora koʻrish uchun yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5048-son Farmoni ijrosi boʻyicha Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan oʻrganishda aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

Qashqadaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi Qarshi shahar, Qarshi va Kasbi tuman boʻlimlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda  qonun talablari buzilganligi aniqlanib, toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Toshkent shahar Bolalar ftiziatriya sihatgohi buyurtmachiligidagi issiq ovqatlarni autsorsing xizmati orqali yetkazib berish uchun joylashtirilgan eʼlon boʻyicha xarid komissiyasi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi.

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda mamlakat  Prezidentining PF-6247-son Farmoni talablarining ijrosi yuzasidan Turizm va madaniy meros, Uy-joy kommunal vazirliklari hamda ularning tarkibiy tuzilmalari, hududiy boshqarmalari faoliyati ochiqligi boʻyicha masofaviy monitoring oʻtkazildi va uning natijalari yuzasidan Oliy Majlis Senatiga maʼlumot yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunining  Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi "Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi" DUK tomonidan ijro etilishi holati joyiga chiqilgan holda oʻrganildi.

18-aprel 
Jahon Banki bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari vakillari uchun videokonferensaloqa tarzida onlayn seminar oʻtkazildi. 

 20-aprel 
Agentlik direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining AQShga amaliy tashrifi boshlandi 
      
20-aprel 
Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Massachusets Oliy sudi hamda AQSH federal sudi sudyalari bilan uchrashdi.

20-aprel
Agentlik direktori boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari hamda “The Boston Globe” nashri jurnalistlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

21-aprel
Tashrifning ikkinchi kuni: AQSH Federal Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi muhokama etildi.

21-aprel 
Delegatsiya aʼzolari korrupsiyaga qarshi kurash sohasida faoliyat yurituvchi tahlil markazida boʻldi.

Matbuot anjumani, mahorat darsi va boshqa tadbirlar: 

19-aprel
"Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar" mavzusida matbuot anjumani 

21-aprel 
Buxoro viloyati hokimligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov oʻtkazildi. 

22-aprel 
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik. Korrupsiyani idrok etish indeksining mazmuni va ahamiyati” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi. 

Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 45 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 136 ta xat va hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentliging haftalik dayjesti

(11-15-aprel kunlari)

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmon talablarining ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi  Xalq taʼlimi vazirligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ, ularning tarkibiy tuzilmalari faoliyati ochiqligi holati boʻyicha masofaviy monitoring oʻtkazildi va natijalari yuzasidan Oliy Majlis Senatiga maʼlumot kiritildi.

Namangan viloyati Davlatobod tumanida “Korrupsiyasiz hudud” loyihasini amalga oshirish maqsadida  Agentlik va Namangan viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan "Yoʻl xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosi oʻz vaqtida va talab darajasida bajarilmaganligi hamda mazkur holatlarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan Namangan viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashiga taqdimnoma kiritildi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari boʻyicha “davletov.uz” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maqolalar yuzasidan oʻrganish oʻtkazish maqsadida Toshkent shahar hokimligiga soʻrov xati yuborildi.

Uchrashuv, davra suhbati va boshqa tadbirlar:

14-aprel 
Oʻzbekiston “Adolat” SDP, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda “Yangi Oʻzbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik!” mavzusidagi ilmiy-maʼrifiy, madaniy tadbir oʻtkazildi.

14-aprel 
Turin politexnika universitetida korrupsiyaga qarshi kurashishning milliy huquqiy asoslari va xalqaro standartlarga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

14-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida oʻtkazilgan Sanitariya-epidemiologiya Kengashi  yigʻilishida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish, xizmat faoliyatida  shaffoflikni taʼminlash kun tartibidagi asosiy masalalardan biri boʻldi.

15-aprel 
Agentlik maxsus axborot portallarida davlat xaridlarining tashkil etilishida korrupsion xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida Moliya vazirligi, Tovar-xom ashyo birjasi va Moliya vazirligi huzuridagi “XT-Xarid Texnologiyalari” QQ mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

 Xalqaro hamkorlik doirasida:  

11-aprel 
Agentlik rahbariyati va Latviya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi R.Troksha hamda Riga Oliy yuridik maktabi  rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi .
 
12-aprel
Agentlik rahbariyati va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi Markaziy Osiyo Mintaqaviy idorasining aksilkorrupsiya sohasidagi ekspertlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

14-aprel
Agentlik direktori A.Burxanov hamda AQSH Davlat departamentining Xalqaro narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish ishlari boʻyicha byurosi (INL) katta maslahatchisi  J.Kallaxan oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

 Shuningdek, mazkur haftada: 

Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan 41 ta murojaat,  tashkilot va muassasalardan 92 ta xat va hujjatlar kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti

(4-8-aprel kunlari) 

5-aprel 
Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib  oʻtdi. 

6-aprel
Davlat dasturi ijrosi boʻyicha Agentlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

5-8-aprel 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari ishtirokida Istanbul harakatlar rejasi masalalari muhokama qilindi. 

7-aprel  
Agentlik rahbariyati hamda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Oʻzbekiston boʻyicha missiyasi rahbari Ron van Roden boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

8-aprel 
Agentlik rahbariyati hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti rahbari Myusha Sever va Sloveniyaning Yozef Shtefan instituti ekspertlarining uchrashuvi  oʻtkazildi.

8-aprel 
Agentlik hamda Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti vakillarining ishchi uchrashuvi tashkil etilib,  Agentlik va Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti oʻrtasida 2022-yilga moʻljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

 Uchrashuv, seminar va boshqa tadbirlar: 

6-aprel 
Agentlik hamda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi vakillari ishtirokida Agentlik buyurtmasiga asosan oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotning asosiy yoʻnalishlari muhokama qilindi. 

6-aprel 
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Korrupsiyasiz innovatsion tizim” mavzusida seminar oʻtkazildi. 

6-7-aprel 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida bojxonachilar uchun korrupsiyaga qarshi kurashning komplayens tizimi boʻyicha sayyor oʻquv mashgʻuloti tashkil qilindi. 

8-aprel

Adliya vazirligida vazirlik va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.  

Shuningdek, mazkur haftada:

“Milliybank” ATB, CERT ACADEMY, “Sanoatqurilishbank” ATB, DXX akademiyasida  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasiga bagʻishlangan mahorat darslari oʻtkazildi.

 Hafta davomida Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 43 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan 91 ta xat-hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti

(28-mart—1-aprel kunlari) 

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yuzasidan Surxondaryo viloyati hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasida oʻrganishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat hokimligi va Davlat inspeksiyasiga taqdimnomalar kiritildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida: 

28-29-mart 
BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish” mavzusida  seminar tashkil etildi.

28-mart
2023-yilga moʻljallangan Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhi (EAG) byudjeti loyihasini muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan Texnik yordam koʻrsatish boʻyicha Ishchi guruhining sessiyalararo yigʻilishi oʻtkazildi. 

29-mart
“Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining 18-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

29-mart
Agentlik xodimlari uchun davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish hamda deklaratsiya tizimini joriy etish masalalarida Latviya tajribasi boʻyicha onlayn seminar  oʻtkazildi.  

29-30-mart 
YEXHTning “Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya tahdidlariga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy taʼlim va axborot kampaniyalarni oʻtkazish orqali yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish samaradorligini oshirish loyihasi” mavzusiga bagʻishlangan konferensiyasi tashkil etildi.

31-mart 
Osiyo taraqqiyot banki hamda masʼul vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda “Iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturi” doirasida qabul qilinadigan Islohotlar matritsasining muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Seminar va boshqa tadbirlar: 

28-29-mart 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi  va Xorazm viloyati hokimligida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash” mavzusida seminar  oʻtkazildi.  

31-mart 
Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi aʼzoligiga qabul qilish boʻyicha komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda 30 nafar tadbirkor aʼzolikka qabul qilindi.

31-mart
Davlat xaridlari sohasida 2022-yilning mart oyida oʻtkazilgan oʻrganishlar, monitoring va tahlil natijalari eʼlon qilindi. 

1-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida oʻquv-seminari tashkil  etildi.

Shuningdek, mazkur haftada:

Toshkent viloyati hokimligi, Toshkent Moliya Instituti huzuridagi Moliya-bank xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoqlararo instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Akademiyasida  korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalasiga bagʻishlangan mahorat darslari tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti

 (23 - 26-mart kunlari) 

Oʻrganishlar:

Toshkent viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganlik holati hamda mazkur tuzilmalarning natijadorligi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan viloyat hokimligiga taqdimnoma kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmoni talablariga muvofiq, Andijon, Sirdaryo viloyatlari hamda Transport, Qishloq xoʻjaligi vazirliklarining rasmiy veb-saytlari masofaviy monitoring tartibida tahlil qilindi.

Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida “Obod qishloq” va “Obod mahalla”,  shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturlarining ijrosi oʻrganilib, Davlat dasturlari doirasida ayrim obyektlarda ishlar yakunlanmaganligi, haqiqatda bajarilmagan ishlar hisobotlarga qoʻshib koʻrsatilganligi, mahalliy hokimliklarning moliyaviy imkoniyati boʻlishiga qaramasdan mablagʻlar ajratilmaganligi, bajarilishi lozim boʻlgan ishlar parametrlari oʻlchami noqonuniy tarzda kamaytirilganligi holatlari aniqlandi. 

Qonunbuzilish holatlariga huquqiy baho berish uchun toʻplangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi, shuningdek, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga taqdimnoma kiritildi.

“Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlaridan ajratilgan kreditlar, “Yosh tadbirkor” kovorking markazlari, savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish uchun qurilgan “Yoshlar mehnat guzari” komplekslarida qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

23-mart
Agentlik direktori A.Burxanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi S.Chakrabarti oʻrtasida  uchrashuv tashkil etildi. 

25-mart  
Yevropa Kengashi hamda Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari ishtirokida vazirlik va idoralar ichki nazorat tizimi xodimlarini oʻqitish boʻyicha elektron platforma yaratish masalasida uchrashuv tashkil etildi.

Boshqa tadbirlar:

24-mart 
Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi yigʻilishi oʻtkazildi.

25-mart
Agentlik direktori A.Burxanovning  fuqarolar bilan navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.

25-mart
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Oʻzbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” mavzusida maʼrifat soati  tashkil etildi. 

26-mart
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi,  IIV YHXBB va  IIV Akademiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya – maʼnaviyat dushmani” mavzusida maʼrifat darsi oʻtkazildi.  

Shuningdek,  mazkur hafta mobaynida:

Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 23 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan  72  ta xat-hujjat kelib tushdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti

(14 - 18-mart kunlari) 

16-mart
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqidagi” qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining  yalpi majlisida uchinchi oʻqishda maʼqullandi.

19-mart
Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Agentlik direktorining axboroti eshitildi.

Oʻrganishlar:

Davlat buyurtmachilari tomonidan  “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga joylashtirilgan davlat xaridlari eʼlonlari va ularning natijasi boʻyicha hujjat hamda maʼlumotlar oʻrganilib, 3 ta buyurtmachining jami 2  mlrd 522 million 800 ming soʻmlik davlat xaridlari boʻyicha xarid komissiyalari tomonidan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi va “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunlarning talablari qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlandi va  ushbu eʼlonlarni bekor qilish boʻyicha taqdimnoma kiritildi.

Agentlik tomonidan Surxondaryo viloyatida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi, byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligi oʻrganildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-son Farmoni talablariga muvofiq, 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlari  tomonidan ochiq maʼlumotlarni rasmiy veb-saytda hamda Ochiq maʼlumotlar portalida joylashtirilishi holati monitoring qilindi. Unga koʻra, 93 ta davlat organlari va tashkilotlari 2021-yildagi faoliyatiga oid hisobotni eʼlon qilmaganligi,  126 tasi bunday hisobot boʻyicha matbuot anjumanining oʻtkazilish joyi va vaqti haqida hanuzgacha oʻz rasmiy veb-saytiga maʼlumot joylashtirmaganligi aniqlandi.

Seminar va boshqa tadbirlar:

14-18-mart
Navoiy, Qashqadaryo, Surhondaryo, hamda Buxoro viloyatlarida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash” mavzusida seminar  oʻtkazildi. 

16-mart 
Ichki ishlar Akademiyasida "Ichki ishlar organlarida korrupsiyaga sabab boʻlayotgan shart-sharoit va omillarni kamaytirishni tashkil etish va boshqarish" mavzusida maʼruza tashkil etildi.

16-mart 
Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens-nazorat tizimining oʻrni va ahamiyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 

17-mart 
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar” mavzusida  seminar oʻtkazildi.  

Xalqaro hamkorlik doirasida:

15-mart
Agentlik va Jahon banki vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning aniq yoʻnalishlarini belgilab olish maqsadida uchrashuv (tashkil etildi. 

16-mart
Agentlik va Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy dastur rahbari oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

18-mart 
Agentlik va YEXHT oʻrtasida 2022-yilga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Shuningdek,  mazkur davr mobaynida:

Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 37 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan  127 ta xat-hujjat kelib tushdi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati dayjesti

(28-fevral — 11-mart kunlari)

Maktabgacha taʼlim, Sogʻliqni saqlash, Madaniyat, Suv xoʻjaligi, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirliklari va Kadastr agentligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish hamda korrupsiyaning oldini olish boʻyicha 2022-2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Energetika, Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish hamda Maktabgacha taʼlim vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi faoliyati joyiga chiqqan holda oʻrganilib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 8 ta taqdimnoma kiritildi.

 4-mart 
Buxoro viloyati Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan tekshiruvda 1.mlrd 273 mln.soʻmlik moliyaviy xato  va kamchiliklar aniqlanib,2022-yil 2-mart kuni tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslariga nisbatan prokuratura idoralari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.   

7-10-mart
Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Andijon viloyati hokimligi tomonidan ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari ijro etilishi holati masofaviy monitoring tartibida oʻrganilib, aniqlangan xato va kamchiliklar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan maʼlumot taqdim etildi. 

 7-mart  
Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasining majlisida Agentlik direktorining davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axboroti dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

1-10-mart 
Toshkent shahri, Fargʻona, Sirdaryo hamda Jizzax, Toshkent viloyatlarida  “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini taʼminlash” mavzusida seminar oʻtkazildi. 

11-mart  
Transport vazirligi huzuridagi “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi hamda Fargʻona viloyati hokimligida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga ishga qabul qilish boʻyicha ochiq tanlov tashkil etildi. 

Hamkorlar va ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar:

28-fevral  
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi  hamda Toshkent shahar qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish choralari”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

3-mart 
Davlat boshqaruvi akademiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkiliy-nazorat va kadrlar boʻlimi xodimlari uchun “Korrupsiyaning oldini olish va “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish, davlat xizmatchilarining halolligini oshirish” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.

3-mart 
Bosh prokuratura Akademiyasi va Yevropa Kengashi vakillari bilan birgalikda Yevropa Kengashining “Markaziy Osiyo – huquq ustuvorligi: ochiqlik va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishda hamkorlik” (CA TAEC) dasturi doirasida ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan onlayn oʻquv kurslarning texnik va tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

 4-mart 
Yaponiyada tahsil olib qaytgan ekspertlar ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashish Akademiyasini tashkil etish loyihasining muhokamasi boʻlib oʻtdi. 

 4-5-mart 
Agentlik va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida Samarqand viloyatida “Korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini yoritish boʻyicha jurnalist, bloger, NNT faollarining salohiyatini oshirish” mavzusida trening tashkil etildi.
9-mart 
Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan “Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uyushgan jinoyatchilikni olidini olish”ga bagʻishlab oʻtkazilgan seminarda Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.
11-mart 
Gubkin nomidagi neft va gaz universitetida “Korrupsiyaning oldini olish boʻyicha Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan preventiv choralar, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari” mavzusida amaliy seminar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Qonun va adolat ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” va “Korrupsiya - taraqqiyotimiz kushandasi” mavzusida davra suhbatida Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi. 

11-mart
Agentlik, Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturi vakillari oʻrtasida uch tomonlama uchrashuv tashkil etildi.

Brifing va matbuot anjumani:

 7-mart 
 AOKAda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar”  mavzusida  brifing oʻtkazildi.

10-mart
Agentlikning 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida Jamoatchilik kengashi oldidagi hisobotiga bagʻishlangan matbuot ajumani oʻtkazildi.

Shuningdek,  mazkur davr mobaynida:

Agentlikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 71 ta murojaat, tashkilot va muassasalardan  180 ta xat-hujjat kelib tushdi.  

Agentlik rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan 30 nafar fuqaro qabul qilindi.


Boshqa bo‘limlar