Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni 81-moddasiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu vazifa doirasida Agentlik vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda ularning birgalikda samarali faoliyat yuritishini tashkil etadi.

Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:

–     korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha strategiya va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi;

–     korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

–     mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlaydi, shuningdek, korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan sohalar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganadi;

–     BMT korrupsiyaga qarshi konvensiyasi talablarining bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mamlakatning imidjini mustahkamlash va uning xalqaro reytinglardagi o‘rnini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

–     har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy maʼruzani tayyorlaydi.

–     Fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va boshqa nodavlat sektor vakillarining korrupsiyaga qarshi jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdagi faoliyatiga ko‘maklashadi.

Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolat doirasida boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.

                 I.Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarini qabul qilish orqali amalga oshirilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan (2017 yil) o‘tgan davr mobaynida har ikki yilga mo‘ljallangan 3 ta davlat dasturi (2017,2019 va 2021 yillar) qabul qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturida 5 ta yo‘nalishda 44 ta banddan iborat vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni o‘z vaqtida ijrosini taʼminlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Davlat dasturi ijrosi doirasida:

1.   O‘zbekiston Respublikasining 9 ta qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2 ta farmoni va 4 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori loyihalari ishlab chiqildi.

Xususan, “Davlat fuqarolik xizmat to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, majburiyatlari, cheklovlar hamda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilab berildi.

2.   Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartibi yana-da takomillashtirildi, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar
bosqichma-bosqich korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

(2022 yilning o‘tgan davrida jami 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazildi. Ularning 243 tasida (13 foiz) yoki 350 dan ortiq korrupsiyaviy omil aniqlandi. 82 tasi o‘z ahamiyatini yo‘qotganligi sababli “tartibga solish gilyotinasi” usulida bekor qilinishi zarurligi to‘g‘risidagi xulosaga kelindi)

3.   Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyati tartibga solinib, byudjet qonunchiligini buzish xavfini tahlil qilish maqsadida “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi yaratildi.

Davlat xaridlari tizimida korrupsiyaning oldini olish choralari ko‘rildi, davlat xaridlari jarayonlari doimiy monitoring qilinib, natijalarini eʼlon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

4.   Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy qilindi.

Ushbu tizim doirasida dastlab eksperiment tariqasida 24 ta davlat tashkilotining faoliyati baholandi.

(baholash natijalariga ko‘ra, 3 ta tashkilot faoliyat samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 10 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 11 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratildi.

Qurilish, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Bo‘ka va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari faoliyati qoniqarsiz baholandi.

5.   Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimi ishga tushirildi.

E-Anticor.uz” elektron platformasida korrupsiyaviy xavflar baholanib, “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri” yuritilmoqda. Reyestrda korrupsion xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxati aks ettirilib, jamoatchilik uchun ochiqligi taʼminlanadi.

1.   Ochiq eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan maʼlumotlar ro‘yxati 2 taga kengaytirilib, ular soni 35 taga yetkazildi (avval 33 ta edi), davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash sohasidagi ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan ochiqlik indeksi joriy etildi.

(Ochiqlik indeksi 8 ta indikator (84 ta baholash mezoni) asosida baholanib, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi)

2.   Korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus dasturiy taʼminot, shuningdek, 1253 qisqa raqamli “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

(“Call-markaz”ga 2022 yilda 2300 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 2100 tasi bo‘yicha fuqarolarga huquqiy maslahat berilgan, 200 ta holat bo‘yicha Agentlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘rganish o‘tkazgan)

3.   Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida 80 dan ortiq o‘quv kurslari tashkil etilib, unda
15 mingdan ortiq davlat xizmatchilari qamrab olindi.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladigan “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” onlayn jurnali taʼsis etildi.

4.   “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan har yili keng ko‘lamli Aksilkorrupsiya haftaligini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

 II.2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi doirasida Agentlik tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023 — 2027 yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya hamda  Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihalari ishlab chiqildi.

Hozirda mazkur loyihalarni vazirlik va idoralar bilan kelishib, tegishli tartibda qabul qilish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

III. O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida birinchi milliy maʼruza O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida tegishli tartibda ko‘rib chiqilib,  jamoatchilik uchun OAVda eʼlon qilindi. http://surl.li/jwmka

IV. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 maydagi
PF-5729-son Farmoniga asosan, 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, kapital qurilish va oliy taʼlim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi.

2021 yildan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi sog‘liqni saqlash, davlat xaridlari va bank tizimida ham amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilanib, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan har bir soha bo‘yicha alohida “Yo‘l xarita”lari tasdiqlandi.

(mazkur sohalar korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuqori ekanligi, korrupsiyaga oid jinoyatlar soni yildan yilga oshib borayotganligi hamda ijtimoiy so‘rovnoma natijalari asosida tanlab olingan)

2023 yildan boshlab, Maʼmuriy islohotlar doirasida davlat boshqaruv tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlari bilan
Yoqilg‘i-energetika va suv xo‘jaligi sohasini hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Raqobat qo‘mitasi tizimini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha vazifalar belgilanib, ijrosi taʼminlanmoqda.  

            V. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi va uning hududiy kengashlari samarali faoliyat olib bormoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi va uning hududiy kengashlari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini taʼminlaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Milliy kengash yig‘ilishida tanqidiy muhokama qilib boriladi, shuningdek vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.

Boshqa bo‘limlar